3. Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar hamda favqulodda olingan foyda (ko‘rilgan zarar) larni tekshirish
Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi …. Nizomda»da belgilangan. Ushbu Nizomga muvofiq mo-liyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:
– O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari darajasida va ulardan ortiqcha olingan qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha, shu jumladan to‘lov muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘ycha to‘lovlar;
– mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari;
– chet el valutasi bilan muomalalarga doir salbiy kurs tafovutlari bo‘yicha zararlar;
– sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar;
– o‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xara-jatlar;
– moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont.
Auditor ushbu xarajatlarni tekshirishda 9610, 9620, 9630 va 9690-schyotlar bo‘yicha hisob yozuvlarini tekshiruvdan o‘tkazib, ularning «Ni-zom»ga muvofiqligi va schyotlarda to‘g‘ri aks ettirilganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarga quyidagilar kiradi:
– olingan royaltilar va kapital transferti;
– O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulush qo‘shgan holda qatnashish-dan olingan daromad, aksiyalar bo‘yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar;
– mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to‘lovini olish);
– valuta schyotlari, shuningdek, chet el valutalaridagi muomalalar bo‘-yicha ijobiy kurs tafovutlari;
– sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, korxonalarga va hoka-zolarga) mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar;
– moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.
Yuqorida keltirilgan daromadlarni tekshirish uchun auditor 9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560 va 9590-schyotlarning ma’lumotlarini o‘rganib, ularning qonuniyligini va schyotlarda to‘g‘ri aks ettirilganligini aniqlaydi.
Favqulodda zararlar – bu xo‘jalik yurituvchi subyektlarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki muomalalar natijasida vujud-ga keladigan va ro‘y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlardir. Bunga favqulodda va davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak bo‘lgan o‘tgan davr xarajatlari kirmaydi.
U yoki bu moddaning favqulodda zararlar sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
– korxonaning odatdagi xo‘jalik faoliyatiga xos emaslik;
– bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak;
– boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq emaslik.
Tegishli moddalarni favqulodda zararlar qatoriga kiritish yoki kirit-maslik to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda ishlar amalga oshiriladigan sha-roitlarni ham hisobga olish lozim. Masalan, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo‘lsa, u holda iqlim sharoitlariga bog‘liq holdagi ishlamay turib qolishlar favqulodda deb baholanishi mumkin emas, chunki ushbu modda «bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak» mezoniga javob bermaydi.
Favqulodda foyda moddalari – bu ko‘zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo‘lgan hodisa yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyat doirasidan chetga chiqadigan tusdagi muomalalar natijasida paydo bo‘-ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning favqulod-da moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo‘limida aks ettirilishi kerak bo‘lgan, o‘tgan davrlardagi foyda kirmaydi.
Favqulodda olingan foyda (ko‘rilgan) zararlar to‘g‘risidagi axborotlar-ning to‘g‘ri shakllanganligiga ishonch hosil qilish uchun auditor tomoni-dan 9710 –«Favqulodda olingan foyda» va 9720-«Favqulodda ko‘rilgan zarar» schyotlar ma’lumotlari o‘rganiladi.
Shuningdek, auditor «Nizom»ning 1-ilovasiga muvofiq soliqqa tortila-digan bazaga qo‘shilishi lozim bo‘lgan, moliyaviy faoliyatga doir sarflarni ham tekshirishi zarur. Bunday sarflarga:
– qisqa muddatli bank kreditlari, shu jumladan to‘lov muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari oshgan to‘lovlar;
– uzoq muddatli bank kreditlari bo‘yicha to‘lovlar;
– qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bilan bog‘liq sarflar;
– qimmatli qog‘ozlar muddatidan oldin to‘lash munosabati bilan vu-judga kelgan salbiy diskont, agar bu budjetga qarzlarni to‘lash bilan bog‘-liq bo‘lmasa.
Auditor moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar hamda fav-qulodda olingan foyda (ko‘rilgan zarar)larni tekshirishning barcha jihat-larini o‘zining ishchi hujjatlarida qayd qilib boradi.