Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


< J < 1 (yoki foiz hisobida 0< J%



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə24/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

0 < J < 1 (yoki foiz hisobida 0< J% <100)

Ushbu chegara oralig’idagi ehtimollik xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisobotlarining ishonchliligiga ta’sir ko’rsata-digan xatolar mavjudligini aniqlash, tegishli auditorlik qarorlarini qabul qilish uchun ushbu xatolarni baholash mumkinligi(yoki mumkin emasligi)ni ifodalaydi. Bu muhimlikni sifat jihatdan tavsiflaydigan tarkibiy qism-dir. Muhimlikning miqdoriy jihatini tavsiflaydigan tarkibiy qismi esa uning ma’lum darajalari orqali ifodalanadi.


Agar xato buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarini sezilarli darajada chalkashtirsa va mazkur hisobot ko’rsatki-chidan foydalanuvchining shu hisobotga asosan qabul qilgan qaroriga ta’sir ko’rsatsa, uning aniqlanmasligi (bilmasdan o’tkazib yuborilishi) muhim hisoblanadi. Buxgalteriya hiso-botida yig’indisi katta summani tashkil etadigan bir nechta sezilarsiz xatolar bo’ladigan vaziyatlar ham uchraydi. Auditor bitta muhim bo’lmagan xatoni aniqlab, bu haqda auditorlik xulosasida bildirishi va salbiy auditorlik xulosasi tuzishi ham mumkin. Haqiqatda esa, buxgalteriya hisobotida jamlanganida muhim tus oladigan bir nechta ahamiyatsiz xatolar bo’lishi mumkin.
Muhimlikni aniqlash auditning xalqaro amaliyotida №320-«Auditda muhimlik» nomli standart (ISAs 320 «Audit Materiality») bilan tartibga solinadi. O’zbekistonda esa bu borada №9 – “Muhimlik va auditorlik riski” nomli AFMS ishlab chiqilgan va Moliya Vazirligining 1999 yil 4 avgustdagi 63 sonli buyrugi bilan tasdiqlangan, hamda Adliya Vazirligi tomonidan 1999 yil 3 sentyabrida 813 raqam bilan ro’yxatga olingan. Ushbu standartga muvofiq “Xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotining ishonchliligiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadigan holatlar auditda muhim deb tan olinadi”.
Standartda ta’kidlanishicha, barcha muhim holatlarda moliyaviy hisobotning ishonchliligi deganda undagi ko’rsatkichlar aniqligining shunday darajasi (chegarasi – D. R. ) tushuniladiki, bu hisobotdan malakali foydalanuvchilar to’g’ri xulosalarga kelish va to’g’ri qarorlar qabul qilish imkoniga ega bo’ladi.
Ma’lumki, respublikamizda islohotlarning chuqurlash-tirilishi va iqtisodiyotning erkinlashtirilishi natijasida buxgalteriya hisoboti axborotlaridan foydalanuvchilarning turlari ko’paymoqda. Ularning har qaysisi uchun muhimlik darajasi turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, aktsiyadorlar uchun korxona faoliyatining natijalari, xo’jalik mablag’la-rining haqqoniyligi va foydaning dinamikasi to’g’risidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi. Investorlar uchun esa korxonaning moliyaviy barqarorligi, ishlab chiqariladigan mah-sulotlarga talabning o’zgarishi, qo’yilmalarning rentabelligi va investitsion loyihalarning haqqoniyligi to’g’risida-gi axborotlar muhim bo’lishi mumkin.
Auditorlar eng muhim, kam uchraydigan va xatolari bor hisobot moddalari va schetlarni aniqlash chog’ida muhimlik tushunchasidan auditni rejalashtirishning asosi sifatida foydalanadilar. Bunday moddalar va schetlarga alohida e’tibor qaratish zarur. Shuningdek, to’plangan auditorlik dalil-isbotlarini baholashda va qanday auditorlik xulosasi tuzish to’g’risida bir qarorga kelishda ham muhimlik darajasidan foydalaniladi.
Demak, muhimlik tushunchasi auditor tomonidan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatoning hajmini va o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvining ko’lamini aniqlash hamda tuziladigan auditorlik xulosasining shaklini belgilash (ijobiy yoki salbiy) uchun birlamchi va asos bo’luvchi manba hisoblanadi.
№70-«Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’ri-sidagi auditorlik xulosasi» nomli AFMSdagi ijobiy auditorlik xulosasi standart shaklining yakunlovchi qismida «…xo’jalik yurituvchi subektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holatini ishonarli aks ettiradi...» deyilgan.
Ushbu jumla axborotdan foydalanuvchilarga auditorlik xulosasida bildirilgan fikrning muhim hisoblangan moliyaviy axborotlargagina taalluqli ekanligi to’g’risida ma’lumot beradi. “Muhimlik” tushunchasi shuning uchun zarurki, hech qaysi auditor moliyaviy hisobotning 100% to’g’ri ekanligiga kafolat bera olmaydi.
Muhim xatolarning auditor tomonidan aniqlanishi ko’plab omillarga bog’liq. Jumladan, ham korxona rahbariya-ti, ham auditor tomonidan mavjud muhim xatolarning baholanishi; tekshiruvlar vaqti va qiymatining chegaralanganligi; mijozning xatolarni auditor aniqlashini “kutib o’tirishi”; auditorning mustaqillik darajasi; uning vijdonliligi; tashqi auditorning ichki nazorat tizimiga ishonchi; korxonada qabul qilingan hisob siyosati va undagi ayrim qoidalarning tafsiloti; hisob siyosatining me’yoriy hujjat-lar talablariga mosligi.
Auditor quyidagi hollarda muhimlikni ko’rib chiqishi lozim:

  • auditorlik amallarining xususiyatlari, vaqti va chuqurli-gini aniqlashda;

  • xatolar ta’sirini aniqlashda.

№ 9 – «Muhimlik va auditorlik riski» nomli AFMS ga muvofiq muhimlik darajasi deganda moliyaviy hisobot-dagi xatoning, ushbu hisobotdan foydalanuvchi unga asosan to’g’ri xulosa va qaror qabul qilishiga monelik qiladagan chegarasi tushuniladi (8 bandi).
Ushbu standartga asosan auditorlik tashkilotlari muhimlik darajasini aniqlash tartibini o’rnatadigan o’zlarining ichki ishchi standartlarini ishlab chiqishlari kerak. Ishchi standart yordamida esa asosiy ko’rsatkichlar tizimi shakllantiriladi va muhimlik darajasi aniqlanadi. Lekin, №9-AFMSda muhimlik darajasini aniqlash uchun tavsiya qiliznadigan asosiy ko’rsatkichlar, ularning xo’jalik yurituvchi sub’ektlar xususiyatlariga bog’liqligi va hisob-kitob qilib chiqarish tartibi tavsiya sifatida uslubiy jihatdan asoslab berilmagan.
Bizning fikrimizcha, standartning 9 bandida xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotining ishonchliligini tavsiflaydigan eng muhim ko’rsatkichlarni va ularga nisbatan qo’llani-ladigan foiz (%) ko’rsatkichlarini keltirish zarur. Muhimlik darajasining absolyut miqdorini topishda auditor audit qili-nadigan xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotining ishonchliligini tavsiflaydigan eng muhim ko’rsatkichlarni asos qilib olishi zarur. Bunday ko’rsatkichlar keyinchalik shartli ravishda moliyaviy hisobotning asosiy ko’rsatkichlari deb ataladi. Ular aniqlan-ganidan so’ng tegishli tarzda hujjatlashtiriladi va tekshiruvda doimiy asos sifatida qo’llaniladi.
Auditorlik tashkilotlari eng muhim asosiy ko’rsatkich-larni, jumladan: buxgalteriya hisobi schyotlarining miqdor ko’rsatkichlari, balans moddalari yoki buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlaridan ma’lum bir ulushini olib, muhimlik darajasini hisoblab chiqarishlari lozim.
Muhimlik darajasi rejalashtirish bosqichida aniqla-nadi va mijoz-korxonaning xususiyatlariga bog’liq. Jumladan, faoliyat tarmogi, tugallanmagan ishlab chiqarish, soliq-qa tortilgungacha foyda summasi, balansning jami summasi, shartli majburiyatlarning mavjudligi, kreditorlik qarzlar, kapital summasi, hisobotda kutilmagan moddalarning paydo bo’lishi va boshqalar.
Lekin, ushbu ko’rsatkich (muhimlik darajasi) auditor tomonidan nafaqat auditni rejalashtirish bosqichida – auditorlik amallarining mazmuni, hajmi va vaqt sarfini aniqlash paytida, balki butun auditorlik tekshiruvini o’tka-zish va auditorlik xulosasini tuzish jarayonida ham hisobga olinishi lozim.
Yuqorida ta’kilanganidek, auditor audit o’tkazish chog’ida muhimlikning ikkita ya’ni sifat va miqdor tomonini nazarda tutishi zarur. Sifat nuqtai nazaridan auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan sodir etilayotgan muomalalarning O’zbekistonda amal qilayotgan me’yoriy hujjatlardan chetga chiqish hollari muhim yoki muhim emasligini aniq-lash uchun o’zining professional fikr-mulohazalaridan foydalanadi. Miqdor nuqtai nazaridan, auditor aniqlangan tafovutlar har birining yoki jamlanmasining (belgilanmagan tafovutlarning taxminiy miqdorini ham hisobga olgan holda) miqdoriy mezon – muhimlik darajasidan oshib ketmaganligini aniqlashi lozim.
Muhimlik darajasini aniqlashda, odatda, ikkita omil hisobga olinadi: xatoning absolyut va nisbiy miqdori. Xatoning absolyut miqdori – bu auditorning sub’ektiv fikri bo’lib, ma’lum summadagi xato summaning ahamiyatliligiga ko’ra boshqa vaziyatlarga bog’liq bo’lmagan holda muhim deb tan olinishi mumkin. Nisbiy miqdor esa qabul qilingan te-gishli miqdoriy mezonga nisbatan foiz hisobida aniqlana-di.
Auditor muhimlik darajasini aniqlashda joriy yilning asosiy ko’rsatkichlari kabi, joriy va o’tgan yillarning o’rtacha ko’rsatkichlaridan ham, shuningdek ma’lum bir shaklga keltirilishi mumkin bo’lgan istalgan hisob-kitob amallaridan ham foydalanishi mumkin. Mazkur muayyan tekshiruv uchun muhimlik darajasining yagona ko’rsatkichi kabi, muhimlik darajasini belgilaydigan har xil ko’rsatkichlar yig’indisidan ham foydalanishiga ruxsat etiladi. Muhimlik darajasini aniqlashda qo’llaniladigan har xil ko’rsat-kichlar yig’indisidan iborat to’plamdagi ko’rsatkichlarning har biri buxgalterlik hisobi schyotlarining ma’lum bir guruhini, balans moddasini, hisobot ko’rsatkichlarini baholash uchun mo’ljallangan bo’lishi lozim.
Eng muhim ko’rsatkichlar sifatida quyidagilarni olish va ularga nisbatan qo’llaniladigan foizlarni tavsiya sifatida belgilash mumkin. Ushbu ko’rsatkichlar qu-yidagi jadvalga tushirilib (2-grafa), qabul qilingan muhimlik darajasi (%) ga muvofiq (3-grafa) muhimlik darajasining absolyut miqdori (4-grafa) hisoblab chiqariladi.



Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin