Aniqlanmaslik riski (AR) - ya’ni xatolar va moliyaviy hisobotdagi kamchiliklarning aniqlanmaslik (ko’zga tashlanmaslik) riski (DR-Detektion risk) – bu auditorlik tekshiruvi jarayonida qo’llaniladigan auditorlik amallarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda haqiqatan mavjud bo’lgan har biri alohida-alohida yoki birgalikda muhim hisoblangan xatolar hamda kamchiliklarni aniqlash imkoni yo’qligining ehtimolidir. Bunday ehtimollik auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlanadi. Shuningdek, auditor ishlarining sifat ko’rsatkichi, auditorning malakasi va muayyan auditorlik tekshiruvining o’tkazilish xususiyatlariga bog’liq.
Aniqlanmaslik riskini ikki guruhga bo’lish mumkin:
1.Tahliliy risk –bu tahlil amallari (ishlari) bajarilganda muhim xatolarga yo’l qo’yilish riskidir. Bunday xatolarni auditor ko’rishi mumkin, ammo juda murakkabligi hamda o’zining maxsus malakasi etishmasligi sababli tushunmasdan o’tkazib yuborishi mumkin.
2.Tanlashdagi risk –bu muhim xato-kamchiliklarning nazorat testlarini o’tkazish (tanlab olish) chog’ida ham, xo’jalik muomalalarini mohiyatan tekshirish chog’ida ham aniqlanmay qolish ehtimolidir.
Aniqlanmaslik riski - auditorlik faoliyatining sifati va samaradorligini baholaydigan ko’rsatkich bo’lib, u muayyan auditorlik tekshiruvini o’tkazish tartibiga, hamda auditorlar malakasi va ularning xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan oldindan tanishlik darajasiga bog’liq. Auditor ichki xo’jalik riski va nazorat vositalarining riskini baho-lash asosida o’z faoliyatida yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan aniq-lanmaslik riskini aniqlashi lozim. Aniqlanmaslik riski-ning imkon qadar pasaytirilgan ko’rsatkichini hisobga olgan holda tegishli auditorlik amallarini rejalashtirishi lozim.
Ta’kidlash joizki, auditorlik risklarining maqbul to’plamini tashkil etuvchi elementlar(IR, CR, DR)ni tahlil qilishdan asosiy maqsad aniqlanmaslik riski (DR) ni baho-lashdan iborat. Ushbu fikrni tasdiqlash uchun auditorlik risklar maqbul to’plami(DAR)ning tarkibiy qismlarini chuqurroq o’rganishga doir bir necha misollar keltiramiz.