Ma’ruzalar matni



Yüklə 4,32 Mb.
səhifə87/113
tarix02.08.2023
ölçüsü4,32 Mb.
#138419
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   113
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Gaz beton va gazsilikat.
Gaz beton portlandsement kremnezemli komponent va gaz hosil qiluvchi aralashma asosida tayyorlanadi. Xususiy hollarda portlandsementga havoyi ohak aralashtirish mumkin.
Kimyoviy reaksiyalar turiga nisbatan gaz hosil qiluvchilar quyidagicha bo‘linadi: qo‘shilgan komponent (alyuminiy kukuni) bog‘lovchilar yoki ularning gidratatsiya mahsulotlari bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib gaz hosil qiladi: parchalanish davrida gaz hosil qiluvchi komponentlar kiritish (pergidrol-perikis vodorodning suvdagi eritmasi N2O2) hisobiga gaz hosil qilish; o‘zaro kimyoviy birikishi natijasida gaz hosil bo‘lishi (masalan, ohaktosh kukuni va xlorid kislotasi birikishi). Gaz hosil qilishning eng keng tarqalgan usuli alyuminiy kukuni va kalsiy gidroksidi o‘rtasida bo‘ladigan kimyoviy reaksiya natijasida vodorod gazining hosil bo‘lishidir:
3Sa(ON)22Al6H2O3H23CaO.Al2O3.6H2O
Kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo‘lgan gazlar sement asosida tayyorlangan qorishmani ko‘pchitadi. Qorishmaning quyuqlik darajasi to‘g‘ri tanlansa g‘ovak strukturasini saqlab qoladi. O‘rtacha zichligi 600-700 kgm3
bo‘lgan 1 m3 gazbeton tayyorlash uchun 0,4-0,5 kg alyuminiy kukuni sarflanadi.
Gazbeton quyma va titratish usullarida tayyorlanishi mumkin. Quyma usulda quruq komponentlar massasiga nisbatan 50-60% suv aralashtirib olingan harakatchan qorishma qoliplanadi. Gazbeton komponentlarimineral bog‘lovchi, kvars qumi kukuni va suv dozotorlar yordamida meyorlanib o‘ziyurar gazbetonqorgichga solinadi va 4-5 minut davomida sinchiklab aralashtiriladi.
Avvaldan tayyorlangan alyuminiy kukunining suvdagi suspenziyasi qorishmaga qo‘shiladi va aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan gazbeton qorishmasi metall qoliplarga massani ko‘pchitib qoliplarni to‘ldirishini hisobga olgan holda quyiladi. Qoliplardan qisman toshib chiqqan gazbetonni taranglangan sim bilan kesib tashlanadi. Gaz hosil bo‘lishini tezlashtirish maqsadida isitilgan suvda gazbeton qorishmasi tayyorlanib 400S haroratda qoliplarga quyiladi. Gazbeton qotishini tezlashtirish uchun avtoklavda 175-2000S haroratda va 0,8-1,3 MPa bosimda ishlov beriladi. Portlandsement qisman yoki butunlay havoyi ohak bog‘lovchisi bilan almashtirilsa avtoklavda issiqlik bilan qayta ishlash zarur bo‘ladi. Gazbeton faqat ohak bog‘lovchisi asosida olinsa gazsilikatbeton hosil bo‘ladi.
Gazbeton harakatchanligini kamaytirmagan holda suv sarfini 25-30% kamaytirish maqsadida gazbeton qorishmasi tayyorlanayotganda va qoliplanayotganda titratish usulini qo‘llash mumkin.
Qisqa muddatli titratish gaz hosil bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda gazbeton qorishmasining harakatchanligini oshiradi. Titratish usulida tayyorlangan gazbetonda gaz hosil bo‘lishi tezlashadi va ko‘pchitish jarayoni 5-7 minut davom etadi, quyma texnologiyada esa ushbu jarayon 15-20 minutni tashkil etadi. Titratish usulida gazbeton tayyorlanganda 0,5-1,5 soatdan keyin uning strukturaviy mustahkamligi etarli bo‘ladi. SHu sababli titratish usulida gazbetonni yirik qoliplarga quyib, so‘ng bloklar ko‘rinishida kesib olish va avtoklavlarda issiqlik bilan quyma texnologiyaga nisbatan qisqaroq vaqt mobaynida qayta ishlab qotirish mumkin.
Avtoklavda issiqlik va bosim ostida ishlov berish serxarajat va texnologik murakkab jarayon bo‘lgani uchun gazbetonni xona haroratida (200S atrofida) suvning sarfini kamaytirgan holda sirtaktiv moddalar qo‘shib qotirish texnologiyasi yaratilgan. Xona haroratida tayyorlangan va qoliplangan gazbetonning qotishini tezlashtirish uchun atmosfera bosimi ostida bug‘lash kifoyadir.
Gazbeton ishlab chiqarish unumdorligini oshirish uchun 10-12 m3 hajmdagi (balandligi 2 m gacha) yirik bloklarni quyib, struktura mustahkamlikgacha qotirilgach, maxsus stanok yordamida standart bloklar holida kesiladi, so‘ng issiqlik bilan qayta ishlanadi.
Gazbeton frezer stanoki yordamida kalibrovkalanadi, yuzasi tekislanib jilolanadi. Hosil bo‘lgan gazbeton elementlardan armatura o‘tkazilib bir etaj balandligidagi devorbop panellar yig‘ish mumkin.
Avtoklavda havoyi ohak, kvars qumi kukuni yoki kul va metallurgiya shlaklari kukuni asosida gazsilikatbeton tayyorlanadi. Havoyi ohak va kvars qumi kukuni 1:3 dan 1:4,5 gacha nisbatda massa bo‘yicha olinadi. Bir metr kub gazsilikatbeton tayyorlash uchun 120-180 kg havoyi ohak bog‘lovchisi sarflanadi. Gazsilikatbeton ohak va kremnezem o‘rtasida bo‘ladigan kimyoviy reaksiya natijasida qotishi tufayli faqat avtoklavda qayta ishlanishi kerak.

Yüklə 4,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin