2. Qurilish materiallarining tasniflanishi, standartlash, sertifikatlash va sifat nazorati Qurilish materiallarining har bir turi o‘ziga xos fizik, mexanikaviy, kimyoviy va maxsus xossalarga (radiatsiyaga munosabat, texnologik ishlov) ega bo‘ladi. Materiallarning tarkibi, strukturasi fizik-kimyoviy va texnologik jarayonlar ta’sirida o‘zgarishi bilan ularning barcha xossa va xususiyatlari o‘zgaradi.
Qurilish materiallari kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy va sun’iy bo‘ladi.
Ular xossalariga nisbatan plastik (bitum, giltuproq) elastik (yog‘och, po‘lat, rezina), mo‘rt (sopol, shisha, beton, cho‘yan), material mustahkamligiga qarab- mustahkamligi yuqori (po‘lat, granit, shisha, shishaplast, sitall, beton-polimer), mustahkam (beton, yog‘och, polimerbeton, pishiq g‘isht) va mustahkamligi kichik (gips, ohaktosh, xom g‘isht, ko‘pikbeton, gazbeton) turlarga bo‘linadi.
Qurilish materiallarini texnik xossalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
plastik materiallar - kuch, temperatura yoki suv ta’sirida qayta ishlanish xususiyatiga ega bo‘lgan materiallar (gil, bitum, mis, qo‘rg‘oshin va x..k.)
elastik materiallar - unga ta’sir etayotgan kuch olingandan so‘ng o‘z
shakliga qaytadigan materiallar (rezina, po‘lat, yog‘och) mo‘rt materiallar — ta’sir etayotgan kuch natijasida o‘lchami va shaklini o‘zgartirmaydi, buzilish hossasiga ega bo‘lgan materiallar (shisha, cho‘yan, g‘isht va x,.k.)
A) Mustahkam — granit, temir, yog‘och
B) Mustahkamligi past — chig‘anoqtosh, somon, xom g‘isht
a) Qattiq - cho‘yan, shisha, granit
b) YUmshoq. - yog‘och, qo‘rg‘oshin, bitum *
Suv, kislota, ishqor, issiq-sovuq hamda fizik-kimyoviy jarayonlar ta’sirida chidamli- (klinker, plastmassalar) va chidamsiz (xom g‘isht) materiallar;
Izolyasiya materiallari-issiqliko‘tkazmaydigan (mineral paxta, jun, g‘ovakli asbest buyumlar)
Tovushni yutuvchi- (pemza, qatlamli shisha paxta, fibrolit) gidroizolyasion- (bitum, ruberoid, tol) elektroizolyasion- (rezina, chinni, marmar) xossalarga ega bo‘lgan materiallar.
Materiallarning ishlatilish sharoitiga ko‘ra konstruktiv (tabiiy tosh materiallari, beton, qorishma, sopol, yog‘och, polimerbeton, plastmassa va h.k.) va maxsus (issiqlik va tovush izolyasiyasi, gidroizolyasiya, bezak, korroziyaga chidamli, olovga bardoshli, radiatsiyadan himoyalovchi, biologik muhitga chidamli va x.k.) turlarga bo‘linadi.
Qurilish materiallari xossalarini raqamlar bilan baholash maqsadida Respublika standarti (RSt), Tarmoq standarti (TSt), Korxona standarti (KSt), Davlatlararo standart (DSt) lar joriy etilgan. Qurilish materiallari standartlari Davlat standarti qo‘mitasi bilan O‘zR Davlatarxitektqurilish tomonidan tasdiqlanadi. Bunday standartlar texnik shartlar; texnik talablar; buyum turlari va o‘lchamlari; qabul qilish qoidalari; tamg‘alash, o‘rash va tashish qoidalari va sh.k. xollarda bo‘lishi mumkin.
Qurilish materillaridan foydalanib bino va inshootlar qurish “Qurilish me’yorlari va qoidalarida” (QMQ) belgilangan bo‘lib, barcha tashkilot va muassasalar uchun majburiydir. Qurilish materiallarining 1947 yilda tashkil topgan “Standartlash halqaro tashkiloti (MOS)” talablariga javob beruvchi xillari ham mavjud. MOS qurilish materiallarini davlatlararo tashish va ishlatishga qulaylik tug‘diradi.
Issiqlik yutuvchanlik. Q=C·m(t1-t2) ; kJ
Bu erda: S- issiklik, yutuvchanlik koeffitsienti
Q- issiqlik miqdori M- namunaning massasi t1-t2 temperaturaning farqi
Zarbga qarshilik. Materialning zarbga qarshilik ko‘rsatuvchanligi, standart namunani buzish uchun sarf etilgan ish miqdori yoki hajm birligiga sarflangan solishtirma ish bilan ifodalanadi.
Ishqalanishga qarshilik. Materialni ishqalash doirasida ming marta aylantirganda namunaning 1sm1 yuzasidan yo‘qotgan og‘irligiga ishqalanish deyiladi.
Plastiklik. Material kuch ta’sirida o‘z shaklini o‘zgartirsa va kuch olinganda avvalgi shakliga juda oz muddatda qaytsa, bunga plastiklik deyiladi. (qo‘rg‘oshin, pulat, loy).
Qattiqlik. Materiallarga o‘zidan qattiq, jism botirilgandagi qarshilik ko‘rsatuvchanlik xususiyati uning qattiqligi deyiladi.
Mo‘rtlik. Materialning kuch ta’sirida sezilarli deformatsiyalanmagan holda buzilib ketishi uning mo‘rtligi deyiladi. (shisha, chuyan, beton)2.
1-jadval