a) matematikadan mustaqil uy ishlari. Uy vazifasining mazmuni bir tomondan darsda o‘rganilgan yangi materialni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan keyingi darsga tayyorlashga qaratilmog‘i kerak. Uy ishi barcha bolalar uni mustaqil bajarishga tayyor bo’lganlaridagina samaralidir. Boshlang’ich sinflarda o’quvchiga beriladigan uyvazifalari hajmi sinfda bajarilgan ish hajmining yarmini tashkil etish kerak. Uy vazifalarni bajarishlari uchun 1- sinfda 1 soatgacha, 2- sinfda 1 – 1,5 soat, 3- sinfda 1,5 – 2 soat, 4- sinfda 2 soat vaqt ajratilishi kerak.
b) o’quvchilarning alohida va guruhli ishlar. Individual ishlarni tashkil qilishdan maqsad o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun kurash, o‘quvchilarnig o‘zlashtirmaslik sabablarining oldini olish va uni bartaraf qilishdan iborat.
Guruhli mashg‘ulotlari butun sinf o‘quvchilari bilimidagi kamchiliklar bir xil bo‘lgandagina o‘tkaziladi. Bazan bunday mashg‘ulotlar individual xaraktyerda bo‘lishi mumkin. Bunday mashg‘ulotlarning tafsiloti: muvoffaqiyatga erishmoq uchun u yoki bu o‘quvchining o‘zlashtirmaslik sabablarini aniq bilish, ular yo‘l qo‘yadigan xatolarni aniq hisobga olish kerak: bu o‘quvchi qaysi bosqichda «xatoga yo‘l» qo’ygan, nimani yetarlicha o‘zlashtirmaganini aniqlashga yordam beradi deb xulosalanadi.
d) matematik sayohatlar. Matematik sayohatlarning maqsadi – aniq hayotiy dalil va taassurotlarni talab qilish.
Sayohat o‘tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo‘lishi nihoyatda muhimdir, shunday bo‘lganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar.
Maktabning joylashgan o‘rniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, kombinatlarga, jamoa xo‘jaligi va boshqa joylarga sayohatlar o‘tkaziladi.
Qurilish materialidan foydalanish, mashinalardan, ishchi kuchlaridan va boshqa narsalardan foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish mumkin.