berilgan jarayonni amalga oshirish uchun qaysi elementar ishlarni va qaysi ketma-ketlikda bajarish lozimligini ko’rsatuvchi buyruq.
Amal
Action
o`qituvchining sinfda mavzu bo`yicha o`quv elementlarini tushuntirish borasidagi bajargan ishlar yig`indisi.
O’quv qo’llanmasi-
Training guide
1) maium o’quv fanlari bo’yicha metodik materiallar, tushuntirishlar, tavsiyalarni yorituvchi hamda o’qituvchi yoki o’quvchilar uchun mo’ljallangan manba; 2) muayyan fan bo’yicha tayyorlangan hamda metodik jihatidan o’quv-tarbiyaviy jarayonda bevosita foydalanish imkonini beruvchi qo’shimcha o’quv materiallari.
Keyslar banki 4-“B” sinfda matematika darsi boshlandi. O’qituvchi o’quvchilardan uyga vazifani so’rab boshladi. Nargiza matematikani juda yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchi. Lekin u bugun uyga vazifaga tayyorlanib kelmagan. Ustozi undan buning sababini so’radi. U ustozidan tanbeh eshitishdan qo’rqib “ uyda dars tayyorlashga vaqtim bo’lmadi. Oyim mendan uy ishlarida ularga yordamlashishimni so’radi”-deb yolg’on gapirdi. O’qituvchi Nargizaning onasiga qo’ng’iroq qilib Nargizani uy ishlaridan ozod qilishini so’radi. Shunda Nargizaning oyisi uni uy ishlaridan ozod qilib faqat darslarini qilayotganligini aytdi. O’qituvchi Nargizaning yolg’on gapirganini sezib qoldi.