8-MA’RUZA Mavzu: Ixtisoslahtirilgan boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash. Reja: 1. O’qitishni ixtisoslashtirilgan boshlang’ich sinflarda tashkil qilishning darsda va darsdan tashqari shakllari va mohiyati.
a) Ixtisoslashtirilgan boshlang’ich sinflarda matematika to’garagi;
b) Ixtisoslashtirilgan boshlang’ich sinflarda matematika ertaligi;
d) Ixtisoslashtirilgan boshlang’ich sinflarda matematikadan fakultativ mashg’ulotlar;
e) Ixtisoslashtirilgan boshlang’ich sinflarda matematik matbuot;
f) Ixtisoslashtirilgan boshlang’ich sinflarda matematik viktorina va olimpiadalar.
2. Ixtisoslashtirilgan boshlang’ich sinflarda Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning turlari va mohiyati:
3. Ixtisoslashtirilgan boshlang’ich sinflarda darsdan tashqari ishlarda tarixiy materiallardan foydalanish.
Foydalaniladigan adabiyotlar : {A: 1,2,3,Q: 1,2,3,4,5,6,7,8}
Tayanch iboralar: Ixtisoslashgan maktabda o’tiladigan dars turlari, didaktik maqsadlar,darsning vazifalari.
1. Dars va unig vazifalari. Dars o’qitish jarayoning asosiy bo’ginidir. “Dars” so’zining dastlabki ma’nosi- bu ma’lum muddatga bajarilishiga kerak bo’lgan mehnat topshirig’idir. Dars o’quv shakli sifatida XVII asrdan ya’ni 300 yildan buyon mavjud. Darsni bolalar faqatginia o’qib olmasdan balki jamoa bo’lib ishlaydir unda muloqotga bo’lish qoidalariga o’rganadilar va har biri alohida o’rganilayotgan narsada bir-biriga o’qituvchiga o’z munosabatlarini bildiradilar ana shu narsa tarbiyadir.
Darsning tuzilishi haqidagi masala matematika metodikasining umumiy qismi asosiy masalalardan biridir.
Ixtisoslashgan maktabda matematika darslarining tuzilishi xususiyatlarini tamoman tushunib olish uchun har bir darsning tuzilishida hisobga olish lozim bo’lgan didaktik qoidalar bilan tanishib olish va darsning tuzilishiga qanday bo’lmasin ta’sir qiladigan matematika su jumladn arifmetikada xos bo’lgan xususiyatlarni nazarda tutish kerak.