(o’qish, bilim olish maqsadi) - ta’limning aniq yo’nalishini belgilab beruvchi yetakchi g’oya.
Tenglama
Equation
noma`lum son qatnashgan tenglik.
Keyslar banki 3-sinf o’quvchilariga matematika darsi boshlandi. O’qituvchi uyga vazifalarni tekshirdi. Yangi mavzuni o’qituvchi o’quvchilarga tushuntiridi va sinf o’quvchilaridan navbatma navbat doskaga misollarni bajarish uchun chiqardi. Qolgan o’quvchilardan esa birinchilardan bo’lib bajarib kelgan 3 nafar o’quvchini “ofarin” kartochkasi bilan rag’batlanishini aytdi. O’quvchilar misollarni tezroq bajarishga kirishdi. Sherzod misollarni birinchi bo’lib bajardi va o’qituvchiga olib bordi. O’qituvchi misollarni tekshirib ko’rsa barcha misollar noto’g’ri bajarilgan. Buni ko’rib o’qituvchi SHerzodga shoshmasdan misollarni to’g’ri bajarib kelsang bo’lmaydimi deb baqirib daftarni otib yubordi. Sherzod yig’lab xonadan chiqib ketdi. O’qituvchi bu holatga etibor bermasdan darsni davom ettirdi.
Tahlil uchun savollar: 1.Vaziyatga qanday baho berasiz? 2.O’qutchining talabi o’rinlimi? 3.Bunday xolatda siz qanday yo’l tutgan bo’lardiz.
Nazorat savollari. 1. 1- 4 sinflarda matematika o’qitishning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
2. Bolalarni matematika kursini o‘rganishga tayyorlashning asosiy vazifalarini sanab chiqing.
3. 1-4 va 5-6 sinflarda matematika o’qitishdagi izchillikni amalga oshirishning asosiy yo‘llari
qanday?