TAYYORLASH USULI Koreys milliy taomi - Kimbap judayam to'yimli va foydali bo'lib uni ayniqsa bolajonlar sevib iste'mol qilishadi.
Tayyorlanish jarayoni.
Guruchni multivarkada yoki qozonda tuzli suvda qaynatib kimning ustiga 2-3mm qalinlikda yoyamiz.
Tuxum, krab va kolbasani qovurib, sabzini qaynatib olamiz va uzunchoq shaklda kesamiz. Bodringni xam shu shaklda kesamiz va xamma masalliqlarni guruch ustiga joylashtiramiz.
Dengiz karamini o'rab quyidagi shaklga keltiramiz.
Kimpab tayoqchasi pichoq xo'l holatida qulay kesiladi. Taom tayyor - yoqimli ishtaha!
TAYYORLASH USULI
Tayyorlanishi:
Baqlajonni uzunasiga 5mm.da qalinlikda plastik shaklda oxiriga 1,5sm yetqazmasdan to'graladi, to'grab bo'ganda xuddi veerga o'xshagan bo'ladi. Xar bitta plastinkani orasiga ta'mi kirishi uchun tuz va murch sepib chiqiladi. Sirimizni ozgina bo'lagini plastik shaklda to'grab, pomidorni 2tasini parraklab dumaloq shaklda to'griymiz. Baqlajon plastiklarini xar birini orasiga parraklab to'gralgan sir, pomidorlani qo'yib chiqamiz. So'ng listimizga terib chiqamiz.
Buyoqda qolgan 2pomidorni qaynoq suvga solib po'stidan tozaliymizda mayda kubik shaklida to'grab skovorodkaga o'simlik yogida - to'gralgan pomidorimizni, maydalangan chisnok(qirgichni maydasidan chiqazsayam bo'ladi), ozroq shakar, tuz, va limon suvini siqib solamizda aralashtirib sous bo'lganiga qadar qovuramiz. Tayyor bo'lgan sousni Baqlajonimizni parrak plastigi ustidan quyamizda, duxovkada 180gradusda 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiza. Listni olib ustidan sirni qirgichdan chiqazib sepib, qayta duxovkaga 5 daqiqaga yana qo'yib pishiramiz. Tayyor bo'lgan zapekankamizni likopga terib, ko'kat bilan xoxish bo'yicha bezab dasturxonga tortamiz