Mashg‘ulot: Badminton o‘yinida uchraydigan xolat va xarakatlarga



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix19.04.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#100495
5-amaliy



112 
5-amaliy 
mashg‘ulot: Badminton o‘yinida uchraydigan xolat va xarakatlarga 
o‘rgatish. Stol tennisi o‘yinida uchraydigan holat va harakatlarga o‘rgatish. 
Reja: 
1. Badminton 
o‘yinida uchraydigan xolat va xarakatlarga o‘rgatish 
2. Texnika haqida tushuncha 
3. Badminton texnikasi, uning tasnifi va mazmuni 
4. 
O‘yinning asosiy texnik elementlari nomlari 
Badminton 
o‘yinida uchraydigan xolat va xarakatlarga o‘rgatish 
Badminton insoniyat tamaddunining eng qadimiy 
o‘yinlaridan biridir. Uning 
kelib chiqishi borasida 
ko‘plab afsonalar mavjud. 
Qadimgi Yunoniston, Yaponiya, Hindiston va hatto Afrika xalqlarining 
rivoyatlarida bundan ikki ming yillar avval kattalar va bolalar volan (badminton 
ko
’togi) o‘ynaganliklari qayd etilgan. “Uchuvchi pat” deb nomlangan qadimiy 
sport 
o‘yini Xitoyda eramizdan ming yil oldin ham ma’lum bo‘lgan. U Yaponiyada 
“oyabane” deb atalgan hamda bir nechta g‘oz pati va quritilgan sakura mevasidan 
tayyorlangan volanni 
yog‘och raketkalarda oshirib tashlashga asoslangan. 
V.Gyugo va I.F.Shillerlaming asarlaridan Yevropada XVI asrda 
o‘ynalgan volan 
o‘yini haqida bilib olish mumkin. Fransiyada bunday o‘yin “je-de-pom” (olma 
bilan 
o‘ynash) deb nomlangan. o’rta asr ingliz gravyuralarida bir-birlariga volanni 
oshirayotgan dehqonlar tasvirlangan. XVIII asrga oid rasmlar Rossiyada ham 
insonlar 
o‘sha paytda shunga o‘xshash o‘yinni o‘ynaganlaridan dalolat beradi. 
Gavriil Derjavin ham patli ko
’tok haqida yozib qoldirgan. 1650-yilda Shvetsiya 
qirolichasi Kristina Stokgolmdagi Royal 
‘alas (Qirollik saroyi) yaqinida saroy 
ayonlari va xorijiy mehmonlar bilan 
“patli ko’tok” o‘ynash uchun maxsus kort 
qurdiradi. Mazkur kort Shvetsiya 
‘oytaxtida hanuzgacha saqlanib qolgan hamda 
bugungi kunda cherkov mulki hisoblanadi. XIX asrda Angliyada gersog Beford 
xonadonida volan 
o‘yini ayniqsa juda ommalashadi. Gersog badminton 
Assotsiatsiyasining homiysi boigan. 


113 
Bugungi kunda u egalik qilgan Front Xollda 
ko‘hna raketka va volanlaming 
ajoyib kolleksiyasi saqlanadi. 1860-yilda Isaak S
’rat badminton haqida kitob yozdi 
va unda ushbu 
o‘yinning ilk qoidalarini tavsiflab berdi. Zamonaviy badmintonning 
Vatani Hindiston hisoblanadi. U XIX asrda Hindistonda keng ommalashgan va 
ayrim manbalarga 
ko‘ra - “pune”, boshqalarida aytilishicha — “roopa” deb atalgan 
o‘yindan kelib chiqqan. 
O‘sha davrda Hindistonda xizmat qilgan ingliz zobitlari bu o‘yinni katta 
qiziqish biian 
o‘ynaganlar. 1872-yilda Vatanlariga qaytgach, ular mazkur qiziqarli 
o‘yinni Glochestershir yaqinidagi Badminton yer-mulkida namoyish etishadi. 
Aynan shu yil Angliyada mana shu yer-mulk nomidan kelib chiqib 
“badminton” 
deb nom berilgan 
o‘yinning “tug‘ilgan yili” hisoblanadi. 1875- yilda zobitlaming 
“Folkstaun” nomli badminton klubiga asos solinadi. Assotsiatsiyaning ilk 
prezidenti polkovnik Dolbi bo4lib, u 
“pune” - “roopa” o‘yinlari qoidalari asosida 
badmintonning yangi qoidalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etadi. Ana shu 
qoidalaming ayrimlari bugungi kungacha saqlanib qolgan. Asta-sekin Angliyada 
badminton klublari yuzaga kela boshlaydi. Shuni 
ta’kidlash kerakki, o‘sha davrda 
turli hududlarda 
o‘lchami har xil bo‘lgan maydonlarda o‘ynashgan. Gvilforddagi 
kort ayniqsa mashhur 
bo‘lgan. Aynan mana shu kortning oMchamlari (44x20 fut 
yoki 13,4012x6,096 m) 1887-yilda Badminton klubi tomonidan nashr etilgan 
o‘yin 
qoidalariga kiritiladi. 1898-yilda badminton 
bo‘yicha ilk rasmiy turnir bo‘lib 
o‘tadi. 
899-yil 4-aprelda Londonda birinchi marta Angliya chempionati o'tkaziladi. 
Keyinchalik Angliyada chempionatlar ommalashadi, badminton klublari soni ham 
ortib, badminton 
o‘yini Birlashgan Qirollik va butun Yevropada keng ommalashib 
boradi. Yangi sport 
o‘yini tez ommalashib, o‘z navbatida, volan ishlab chiqarish 
ham rivojlanadi. 1898-yilda volan ishlab chiqarish 
bo‘yicha ilk patentni Enn 
Jekson xonim oladi. Badminton nafaqat Angliya, balki uning 
ko‘pdan ko‘p 
mustamlakalarida ham keng tarqaladi. Shu bois, 1934-yil 5-iyulda Xalqaro 
badminton federatsiyasi (IBF)ga asos solgan mamlakatlarning aksariyati Buyuk 


114 
Britaniyaning sobiq mustamlakalari hisoblanadi. Bugunga kelib mazkur 
federatsiyaga 100 dan ortiq mamlakat 
a’zo.
Xalqaro badminton federatsiyasi (IBF) turli musobaqalar 
o‘tkazib keladi. Ular 
orasida erkaklar milliy terma jamoalari 
o‘rtasida o‘tkaziladigan Tomas kubogi 
(IBFning birinchi prezidenti nomi bilan atalgan), ayoliar terma jamoalari 
o‘rtasida 
boiib 
o‘tadigan Uber kubogi (IBFning mashhur va faol vakilasi nomiga qo‘yilgan) 
musobaqalari eng yiriklari hisoblanadi. 12 Tomas kubogiga 1948-yilda asos 
solingan 
bo‘tib, u har uch yilda bir marta o'tkaziladi. Saralash bosqichi to'rtta 
hududda: Amerika, Avstraliya-Osiyo, Osiyo va Yevropa 
mintaqalaridabo‘lib 
o‘tadi.
Mintaqaviy musobaqalar 
g‘oliblari kubok sohibligiga nomzodni aniqlash 
uchun o'tkaziladigan asosiy bosqichda kuch sinashadilar. Asosiy bosqich 
g‘olibi 
finalda uch yil oidingi musobaqada kubokni qoiga kiritgan jamoa bilan 
ro‘baro‘ 
keladi. Uber kubogi bahslari esa 1956-yildan beri uch yilda bir marta 
o‘tkazib 
kelinmoqda. 1968-yildan boshlab ikki yilda bir marta Yevropa shaxsiy birinchiligi, 
1972-yildan esa 
qit’aning jamoaviy chempionati o‘tkazilmoqda. Jamoaviy 
birinchilikda milliy terma jamoalar beshtadan 
o‘yin kuzatishadi, ya’ni: erkaklar 
yakkaligi, ayollar yakkaligi, erkakligi juftligi, ayollar juftligi, aralash juftlik(mikst). 
Bulardan tashqari, xalqaro federatsiya bir qator rasmiy shaxsiy tumirlami ham 
o‘tkazib keladi. Ular orasida yaqin-yaqinlargacha Angliya ochiq chempionati eng 
mashhurlaridan biri 
bo‘lgan va u norasmiy jahon chempionati hisoblangan. 
Angliya ochiq chempionatiga 1899-yilda asos solingan. 
Ilk rasmiy jahon chempionati 1977-yil Shvetsiyaning Malme shahrida 
bo‘iib 
o‘tgan. 1992-yilda badminton olim’iada o‘yinlari oilasiga. qabul qilinadi. Sobiq 
Sovet Ittifoqida badminton 1957-yilda rasmiy maqomga ega 
bo‘ldi, desak xato 
qilmaymiz. Shu yili Moskvada 
o£tkazilgan yoshlar va talabalarning Butunjahon 
festivalida. Ittifoq vakillari V.Dyomin, I.Sokolov, S. Zamuruyeva, N. Kalashnikov 
mazkur xalqaro forumga tashrif buyurgan xorijlik sportchibadmintonchilar bilan 
kuch sinashganlar. 1959-yilda birinchi marta Moskva shahri shaxsiy chempionati 
o‘tkaziladi (g‘oliblar: V.Dyomin va S.Zamuruyeva), 1960- vilda esa ilk 
shaharlararo musobaqada Moskva va Lvov shaharlari badmintonchilari kortda 
kuch sinashadilar. 
1961 -yilda Moskva, Leningrad, Xarkov, Lvov va boshqa bir qator shaharlar 
badmintonchilari 
o‘rtasida shaharlar tumiri bo‘lib o‘tadi. Final o‘yinida Moskva 
shahrining 
“Mehnat” jamiyati 13 sportchilari (M.Seminas, M.Goncharova, N. 
Sokolov, N.Goncharov, M.Oreshkin) hamshaharlari - 
“Burevestnik” sport jamiyati 
vakillari (T.Dorofeyev, T.Chistyakova, V.Xolodov, M.Shtilman, A.
’ostmkov, 
V.Mixeyev) ustidan g4alaba qozonishdi. 
O‘sha yili “Kosmonavtlar kubogi” deb 
nomlangan tumir ham tashkil qilinadi. Bu bejiz emasdi. Chunki dunyoning birinchi 
kosmonavti Yu.Gagarin 
o‘zining tarixiy ‘arvozidan keyin jumalistlarga bergan 
intervyusida shunday degandi: 
“Badminton o‘ynashni yoqtiraman. Bu juda ajoyib 
o‘yin”.


115 
Stol tennisi 
o‘yinida uchraydigan xolat va xarakatlarga o‘rgatish. 


116 


117 


118 


119 


120 


121 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin