“Matematika olamiga sayoxat” mavzusida ochik mashgulot ishlanmasi. Nargiza Allaberganova
01.07.2019
Mashg'ulot ishlanmalar
Izohlar
Mashg`ulot: Matematika.
Mavzu: Qizikarli uchburchak.
Maqsad: Bolalarning uchburchaklardan turli ko`rinishidagi, katta o`lchamdagi buyumlar va shakllar xosil qilish malakasini mustaxkamlash.
Kutilayotgan natijalar: Bolalar uchburchaklardan turli narsalarni, narsalarni xosil qilishni o`rganadilar.
Kerakli jixozlar: Tarbiyachi uchun piramida, archa, tulki, dazmol, kuylak, ro`mol;
Bolalar uchun: Oq qog`oz, rangli qalamlar, rangli qog`ozlar, yelim qaychi, turli o`lchovdagi uchburchak shakllari.
Mashg`ulotning borishi: bolajonlar biz sizlar bilan qaysi geometrik shakllarni o`rganganmiz?
Bolalarning javoblari: Mana shu geometrik shakllar bilan turli geometrik o`yinlar o`ynashimiz mumkin. Kelinglar bolalar bugun mashg`ulotimizni faqat uchburchakka bag`ishlasak “xa uchburchak oddiy shaklku buni bizdan kichiklar xam biladi-ku” deb o`ylayotganingizni bilib turibman. Bolalar, uchburchak oddiy emas. U sexrli, chunki uning qo`lidan juda ko`p ishlar keladi. Eshitinglar-a bolalar uchburchak uchta chiziqdan iborat bo`lgani uchun bu uchta chiziqlar doimo ushbu qo`shiqni aytib yurishar ekan:
Uchta uchu, uchta burchak.
Va yana uchta tomon.
Uchchovimiz qo`shilishib.
Yuramiz omon-omon!
Qani bolalar atrofimizdagi narsalarga qarab, o`ylab ko`raylikchi. Uchburchak shakli ishlatilgan narsalar bor ekanmi?
Shu payt eshik taqillab Bilmasvoy mexmon bulib kirib keladi.
Tarbiyachi: Ie bolajonlar bizning guruximizga bilmasvoy mexmonga keldi. Bilmasvoy bolalar bilan salomlashmaysanmi?
Bilmasvoy: Qanday salomlashaman.
Tarbiyachi: Bu nima deganing salomlashishni xamma biladiku. Qani bolalar Bilmasvoy bilan bir chiroyli qilib salomlashaylikchi.
Bolalar: Assalomu alaykum!
Bilmasvoy: Assalomu alaykum.
Tarbiyachi: Voy Bilmasvoy kiyimlaringni nega bunday qilib kiyding?
Bilmasvoy: Qanday qilib kiyibman.
Tarbiyachi: Bolajonlar Bilmasvoyning kiyimlarini chiroyli qilib kiyishga yordam berib yuboramizmi!? (Shunda ikkita bola chiqib kiyimlarini chiroyli qilib kiyishga yordam berib yuboradilar). Bilmasvoy sanashni bilasanmi?
Bilmasvoy: Xa!
Tarbiyachi: Bulmasam bizga sanab beringchi?
Bilmasvoy: Bir, ikki, besh, sakkiz, o`n
Tarbiyachi: Xay-xay Bilmasvoy ozgina adashmadingmi. Bolalar Bilmasvoyga tartib bilan sanashda yordam berib yuboramiz!
Bolalar: Xa! Bir, ikki, uch, to`rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to`qqiz, o`n.
Tarbiyachi: Bolalar qaranglar Bilmasvoyning qalpog`i biz so`zlayotgan uchburchak shakliga o`xshar ekan-a. Bilmasvoy xozir biz bolalar btlan qiziqarli uchburchak xaqida gaplashayotgan edik. Xoxlasang sn ham bizning safimizga qo`shilsang!
Bilmasvoy: Jonim bilan!
Tarbiyachi: Kel mana bu yerda joy bor ekan o`tir va qiziqarli mashg`ulotimizda sen ham ishtirok et.
Bolajonlar men xozir sizlarga uchburchak shakllarida oddiy narsalarni chizib ko`rsatib beraman, deb: -piramida, yelkanli qayiq, archa, masxarabozning qalpoqlarini chizib ko`rsataman.
Tarbiyachi: bolajonlar uchburchakdan turli mo`jizalar yaratish mumkin. Men uchburchak shaklidan tulkini, qarg`ani, kuylakni, ro`mollarini chizib ko`rsataman.
Bolalar uchun amaliy ish: Bolalar stoliga oq qog`oz, har-xil rangli qalam, rangli qog`oz, yelim, qaychi, turli o`lchovdagi uchburchak shakllarini qo`yib qo`yaman.
Bolalar stolingiz ustida qo`yilgan uchburchaklardan mo“jiza yaratishingiz mumkin.
Xoxlasangiz rasmini chizing, xoxlasangiz rangli qog`ozlardan qirqib yelimlashingiz yoki tayyor qirqilgan uchburchaklardan stol ustiga terib yasashingiz mumkin. Buning uchun tayyor namunalardan foydalaning, yoki o`zingiz o`ylab ijod qiling!
Bolajonlar Bilmasvoyga ham o`zingizning shakllaringizdan, jixozlardan beramiz u ham yasashga xarakat qilmoqchi-undan so`ng bolalar ishini kuzataman.
Qiynalgan bolalarga yordam beraman. Bolalar ijodiy ishlarini tugatganlaridan so`ng. O`z ishlarini qisqa ta`riflab beradilar.
Undan so`ng bolalar bilimini tekshirish va mustaxkamlash uchun savollar berib javob olaman.
1.Nafisa:-Uchburchakning rechta tomoni va nechta burchagi bor? (Uchburchakning uchta burchagi va uchta tomoni bor).
2.Asrorbek:– rechta tayoqchadan uchburchak shaklini xosil qilishimiz mumkin? (uchta tayoqchadan uchburchak shaklini yasash mumkin).
3.Nozima:-Uyning qaysi joyi uchburchak shakliga o`xshaydi? (uyning shifti uchburchak shakliga o`xshaydi).
4.Bekzodbek:-Uchburchakdan nimalar yasading? (Uchburchakdan piramida, qayiq, archa, masxaraboz qalpog`i, tulki qarg`a, kuylak, ro`mol yasdik).
5.Shaxzodbek:-Uchburchak va to`rtburchakning farqi nimada? (uchburchak va to`rtburchak shaklining farqi burchaklari va tomonlarida).
6.Shoxijaxon:-Faqat bitta tayoqcha bilan stol ustida qanday qilib uchburchak xosil qilish mumkin? (tayoqchani stol burchagiga qo`yish kerak).
7.Umida:-Uchburchakni nima uchun uchburchak deymiz? (uchburchakni uchta tomoni va uchta burchagi bo`lgani uchun uchburchak deyiladi).
Tarbiyachi:– bolajonlar siz men bergan savollarga juda to`g`ri javob berdingizlar xammangizga raxmat!
Bilmasvoy:-Bolalar siz barcha narsalarni yaxshi bilar ekansizlar. Endi men ham sizning safingizga qo`shilaman