321-mashq. O’qing. Gaplarning ifoda maqsadiga ko’ra turini aniqlang, farqini ayting. Gapning bosh bo’laklarini aniqlang.
1. Birov yon bag’irdan gul tergani, birov buloq suvidan ichgani tarqab ketdi. (S. Ahm.) 2. Olamni quyosh, insonni ilm yoritadi. Bilmaslik ayb emas, o’qimaslik — ayb. (SH.) 3. Kombinatga borganmisan o’zing? Qirq ming odam ishlaydi. (S. Ahm.) 4. Dunyoda el va yorga xiyonat qilishdan, zolimga do’st bo’lishdan ham ko’ra og’irroq, razilroq, mudhishroq jinoyat bormi? (S. Ahm.) 5. Bu — bizning chinakam balog’at yoshimizning birinchi kuni! Qanday tantanali jimlik! O’sib yotgan o’t-o’lanlar go’yo qizil alanga berib yonayotganday, oyoq ostida tutab yotganday tuyuldi. Biz faqat dashtdagina bayram nashidasini sezdik. (K. Abukov.)
363-mashq. 1-topshiriq. Berilgan so‘z bog‘lanmalarini o‘qing. Ularning tugal fikr ifodalay olmasligining sababini ayting.
1. Kuzning birinchi oyida nok, olma, shaftoli, uzum va anorlar g‘arq … . 2. Uchinchi sinf o‘quvchilari olmazorga … . 3. Akbar shaxmat to‘garagiga … . 4. Boqi G‘azalkentda … . G‘azalkent bilan Toshkent orasida chiroyli baland bir tepalik … . 5. Buxoro – juda qadimiy va mashhur … . 6. Navro‘zda sumalak, halim … .
2-topshiriq. Ko‘pnuqtalar o‘rniga mos keladigan so‘zlarni qo‘yib o‘qing. Tugal fikr ifodalanishini ta’minlagan bu so‘zlar qaysi gap bo‘lagi vazifasini bajarayotganini ayting.
3-topshiriq. Birinchi va ikkinchi topshiriqni bajarish asosida kesimning gapdagi o‘rni va fikr ifodalashdagi ahamiyatini tushuntiring.
364-mashq. Quyidagi so‘zlarni kesimlik shaklida qo‘llab gap tuzing.
Namuna: olmoq – Ol. Oldim. talaba – Talabaman.
Kelmoq, yugurmoq, olmoq, talaba, haydovchi, aqlli, xursand, beshta, kim, qayerda.
Gap birgina kesimdan ham iborat bo‘lishi mumkinmi?
365-mashq. Quyidagi parchani o‘qing. Birgina kesimdan iborat gaplarni ko‘rsating.
Kanizak zavq qilib kuldi.
– Majlisda gap so‘rashsa xuddi shu gapni ayting, Sidiqjon aka! Aytasizmi?
– Aytaman.
– Aytsangiz xo‘p kulgi bo‘lar edi. Mondalab aytolmaysiz. Odam shoshib qoladi.
– Shoshib qolmayman.
– Shoshasiz.
– Hech!
– Qani, qanaqa qilib boshlaysiz? (A. Qahhor)
Dostları ilə paylaş: |