Masalalar. (masalalarni yechishda ilovadagijadvallardagi ma’lumotlardan foydalaning).
80 g suvda 10 g KNO3 eritilgan. Yeritmaning W (%) toping.
250 g H2O da 2%li eritma hosil bo‘lishi uchun AgNO3ning qancha massasini eritishi kerak?
Suvsiz tuzga nisbatan hisoblanganda 200 g 5%li CuSO4 eritmasini tayyorlash uchun necha gram mis kuporos CuSO45H2O va suv kerak bo‘ladi?
Laboratoriyada vodorod olish uchun rux va H2SO4 eritmasini qo‘lllaniladi. Buning uchun zichligi g1,84gsm3 bo‘lgan kislota eritmasining 1 xajmi 5 xajm suv bilan aralashtiriladi. Bu kislota eritmasining massa ulushi (W%) qanday?
500 ml eritmada 30 g AlCl3 erigan. Shu eritmani normal konsentratsiyasini aniqlang.
100 ml 0,02n eritma tayyorlash uchun H3PO4 dan necha gram kerak?
20%li H2SO4 eritmasining zichligi g1,14 gsm3bo‘lsa,uning normal konsentratsiyasini aniqlang?
60%li HNO3 eritmasini molyalligini va molyar konsentratsiyasini toping.
Normal sharoitda 2 l xlor 5 l suvda erigan. Yeritmani xajmi suv xajmiga teng bo‘lsa, hosil bo‘lgan eritmani massa ulushi (W%) va molyar konsentratsiyasini aniqlang.