93-tajriba. Glyukozaning oksidlanishi Reaktiv va materiallar: 5% li glyukoza eritmasi, kumush oksidning suvli ammiakdagi (kumush nitrat + ammiak) eritmasi, Feling suyuqligi; probir-kalar, isitish asbobi, pipetka
a. Kumush oksidning ammiakli eritmasi bilan ok-sidlanishi. Probirkaga 1 ml 5% li glyukoza eritmasidan quying, us-tiga kumush oksidning ammiakdagi eritmasi —[Ag (MN3)2]ON dan ozroq qo’shing va probirkani ohista qizdiring. Nima kuzatiladi?
b. Feling suyuqligi bilan oksidlanishi. Probir-kaga 1—2 ml glyukoza eritmasidan solib, ustiga Fe-ling suyuqligidan (vino kislotaning nitriyli yoki kaliyli tuzining tajribadan oldin tayyorlangan mis alkogolyati eritmasi) bir necha tomchi tomizing. Ara-lashmani bir oz qizdiring. Reaksiya davomida avval
mis (I)-gidroksidning sariq cho’kmasi, so’ngra mis (I)-oksidning qizil cho’kmasi hosil bo’ladi:
O’quv mashg’ulot maksadi:fenollarni olinishi va kimyoviy xossalari, fizikaviy xossalari haqida talabalarda tushuncha hosil qilish.
Pedagogik vazifalar: -mineral kislotalar ta’sirida oqsillarga hos reaksiyalar.
-oqsillarni og’ir metallar ta’sirida cho’ktirish.
-ishqor ta’sirida oqsillarni rangsizlanishi.
laboratoriya ishlarini bajarilishi haqida tushuncha beriladi.
O’quv faoliyatinig natijalari: (talaba)
- mineral kislotalar ta’sirida oqsillarga hos reaksiyalar.
-oqsillarni og’ir metallar ta’sirida cho’ktirish.
-ishqor ta’sirida oqsillarni rangsizlanishi.
Laboratoriya ishlarini bajaradilar.
Ta’lim berish usullari.
Mavzuga oid laboratoriya bajaradilar.
Ta’lim berish shakillari.
Jamoaviy juftlikda ishlash.
Ta’lim berish vositalari.
O’quv qo’llanma , tarqatma materiallar, reaktivlar, kerakli asbob-uskunalar.
Ta’lim berish sharoiti.
Hamkorlikda ishlash va mavzuni amalga oshirish imkoniga ega bulgan laboratoriya honasi.
Monitoring va baholash.
Og’zaki nazorat: munozara savol javob reyting asosida baholash