O‘tga chidamli shisha naychaga yupqa qatlamli Fe2O3 ni joylashtiring va uni shtativga gorizontal xolda maxkamlang. Qurilmani germetikligini tekshiring. Vodorod gazini o‘tkazing va 1-2 daqiqadan so‘ng, chiqish teshigi orqali uning tozaligini tekshiring. Vodorodni tozaligiga ishonch xosil qilgandan so‘ng, naychani Fe2O3 solingan joyini qizdiring. Naychani qizg‘ish xolga (500-6000S) kelguncha qizdirish kerak, chunki pastroq haroratda o‘z-o‘zidan yonuvchi temir xosil buladi va xavoda yengil oksidlanadi. Barcha Fe2O3 qaytarilib bo‘lgandan so‘ng (buni qanday bilish mumkin?), qizdirishni to‘xtating va vodorod oqimini soviting. Naycha sovigandan so‘ng, temirni bir qismini bir varaq qog‘ozga seping va uni, xamda Fe2O3 ni magnitga munosabatini sinab ko‘ring. Qaytarilgan temirni qolgan qismini zich berkitiladigan idishga solib qo‘ying. Reaksiya tenglamalarini yozing.
2. Temirni rux va qalay bilan tutashgandagi zanglashi. Po‘lat simga yoki skrepkaga yupqa rux metalini, ikkinchisiga xuddi shunday qalay metalini biriktiring. Ikkita probirkaga ozgina suv soling va 2-3 tomchi suyultirilgan H2SO4 qo‘shing. So‘ngra har bir probirkaga Fe2Q ionlari bilan ko‘k rangli birikma xosil qiluvchi qizil qon tuzi K3[Fe(CN)6] eritmasidan soling. Yuqorida tayyorlangan temir-rux va temir-qalay juftlarini probirkadagi eritmalarga tushiring. Qo‘rg‘oshinli temir tushirilgan eritma necha daqiqadan so‘ng rangini o‘zgartiradi? Yeritmada qanday ionlar xosil bo‘ladi? Bu nimani ko‘rsatadi? Boshqa probirkada rux batamom erigandan keyin eritmani rangini kuzatish mumkin.