45.2. «Oqsillar va ularning xossalari.»
laboratoriya mashg’ulotining texnologik xaritasi.
Ish bosqichlari vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchilar
|
1-bosqich, mavzuga kirish
(15 daqiqa)
|
1.1 Mavzuni nomi doskaga yoziladi.
1.2.mineral kislotalar ta’sirida oqsillarga hos reaksiyalar.
1.3.oqsillarni og’ir metallar ta’sirida cho’ktirish.
1.4.ishqor ta’sirida oqsillarni rangsizlanishi.
|
1.1Ko’chirib oladilar.
1.2 tinglaydilar
1.3 tinglaydilar
|
2- bosqich
Asosiy qism
(55daqiqa)
|
2.1 «Klaster» metodi asosida talabalarni faollashtirish.
2.2. laboratoriya bajarish uchun kerakli asbob-uskunalarni tayyorlash.
2.3 oqsillarlar va ularning xossalariga laboratoriya ishlarini bajarish.
(ilova-1)
2.4 bajarilgan ish yuzasidan hisobot yozish.
|
2.1tinglaydilar.
javob beradilar
2.2. bajaradilar
2.3bajaradilar
2.4 yozadilar.
|
yakuniy qism
(10daqiqa)
|
Mavzuga oid savol – javob o’tkazish.
|
Reyting asosida baholash
|
1-Ilova.
2-ilova
96-tajriba. Kontsentrlangan mineral kislotalar ta’sirida oqsillarning cho’kishi.
Reaktiv va materiallar: konts. nitrat, sulfat va xlorid kislotalar, biror oqsil eritmasi; probirkalar, pipetkalar.
Uchta quruq probirka olib, ularga 1-2ml aloxida-aloxidadan konts.sulfat. nitrat va xlorid kislota quying. Xar bir probirkani qiyalatib, extiyotlik bilan probirka devori bo’ylab pipetka yordamida tekshirilayotgan oqsil eritmasidan 0,5 ml dan quying. Eritmani shunday quyish kerakki, u probirkadagi kislota bilan aralashib ketmasin. Ikkala suyuqlik qo’shilgan joyda oqsilning oq amorf cho’kmasi paydo bo’ladi. Probirkadagi cho’kmalarni chayqating, bunda nitrat kislota ta’sirida xosil bo’lgan cho’kma ko’payadi, sulfat kislota va xlorid kislota ta’sirida xosil bo’lgan cho’kmalar esa bu kislotalarning ortiqchasida erib ketadi.
Mineral kislotalar ta’sirida jelatina cho’kma xosil qilmaydi. Oqsillar konts.mineral kislotalar ta’sirida cho’kmaga tushadi. Jarayon qaytmasdir. Bu xodisa oqsil molekulalarining degidratlanishiga va oqsillarning denaturatsiyalanishiga bog’liq.
Dostları ilə paylaş: |