Ko`p masalali rejim - multimasala rejimida bir vaqtning o`zida
bir necha masalaning parallel ishlashini ta'minlash ko`zda tutilgan. Bunda bir masalaning natijasi ikkinchi masala uchun berilganlar majmuasini tashkil qilishi ham mumkin. OS yechilayotgan masalalarning bir-biri bilan bog`liqligini rejalashtiradi va nazorat qilib boradi. Ko`p dasturli rejimdan (dasturlar orasida vaqtni taqsimlash prinsipi) farqli bu yerda barcha masalalar bo`yicha parallel ishlash ko`zda tutilgan. Ko`p masalali rejim faqat multisistemada (bir necha protsessor) tashkil qilinadi.
OS kompyuter va foydalanuvchi o`rtasidagi vositachi hisoblanadi. OS foydalanuvchi so`rovini analiz qiladi va uni bajarilishini ta'minlaydi. So`rov OS tilida qabul qilingan buyruqlar ketma-ketligi ko`rinishida bo`ladi. OS so`rovlarni turli rejimlarda bajarishi mumkin, shu sababli OS ni quyidagi tiplarga bo`lish mumkin:
- paket rejimi sistemasi;
- vaqtni taqsimlash sistemasi;
- real vaqt sistemasi;
- dialog sistemasi.
Yordamchi qurilmalar.Aksariyat qurilmalar bilan har bir oniy vaqtda faqat bitta masalaga xizmat qilishi mumkin. Qurilmalarning bunday ko`rinishda ishlashi kompyuterdan noeffektiv foydalanishga olib keladi. Bunday hol yechilayotgan masalaning hisoblash vaqti ko`p bo`lsa ayniqsa sezilarlidir. Tezkor qurilmalar foydalanuvchi uchun OS ning fayllarni boshqarish dasturi yordamida taqsimlanadi. Tezkor qurilmalarda vujudga keladigan ushlanishlar ularning tez ishlashi va kiritish-chiqarish so`roviga ketgan vaqtini inobatga olsak umumiy jarayonni qoniqarli deb hisoblasak bo`ladi. Kompyuter unumdorligiga salbiy ta'sir ko`rsatadigan faktorlardan asosiysi kiritish-chiqarish qurilmalarining sekin ishlashidir. OS kompyuter unumdorligini oshirish uchun spuling mexanizmini ishga soladi. Spuling – kiritish-chiqarishga mo`ljallangan berilganlarni avtomatik tarzda diskga yozib qo`yuvchi dastur. Spuling tayyorlagan ma'lumot qurilma tayyor bo`lganda qo`yilgan masalaga qarab kiritiladi yoki chiqariladi