yuzasiga ertaroq tegib, burg‘ining botishini to‘xtatadi. Amalda, cheklagichning
uzunligi o‘zgartirilib bir nechta chuqurcha kovlab, ularning chuqurligi o‘lchanadi.
Kerakli chuqurlikka etgandan so‘ng cheklagich uzunligi qoldiriladi.
CHuqurkovlagichni faqat chuqur haydalgan erlarda ishlatish joizdir, chunki
yumshatilmagan erga burg‘ini botirish og‘irroq bo‘ladi va unday chuqurga ekilgan
ko‘chat ildizlarini tez rivojlantirish imkoni bo‘lmasdan qoladi.
4. Ish bo‘yicha hisobotda:
ishning maqsadi, kerakli jihozlar, chigit ekish
usullari va agrotexnik talablar, seyalkasining vazifasi, tuzilishi va ishlash jarayoni
(33-rasm) hamda uni ishga tayyorlash tartiblari ko‘rsatilishi kerak. Don ekish
texnologiyasi va agrotexnik talablar, don ekish seyalkasining vazifasi, tuzilishi,
ishlash jarayoni (34-rasm) va uni ishga tayyorlash tadbirlari ko‘rsatilishi kerak.
Ko‘chat ekish texnologiyasi va agrotexnik talablar, ko‘chat ekish mashinasining
vazifasi, tuzilishi, ishlash jarayoni (35-rasm) va uni ishga tayyorlash tadbirlari
ko‘rsatilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: