Azotlash temperaturasi oshsa, qattiqlik kattalashishi bilan bir qatorda mo`rtlik ham ko`payadi.
lekin katta temperaturada diffuziya tezligi katta. Shuning uchun azotlash
protsessini ikki
bosqichda olib borgan ma'qul. Kerakli qattiqlikni ta'minlash uchun oldin azotlash 500-520°C da
olib borilib, so`ngra diffuzion qatlamni ko`paytirish uchun temperaturani 600-620°C ko`tarish
mumkin. Shunday qilinganda 1,5-2 barobar tezlashadi. Masalan, yupqa devorli detal 38Х2МЮА
dan tayyorlangan bo`lsa, uni 500-520°C qizdirib azot bilan to`yintiriladi. Jarayonni qancha
davom etishi kerak bo`lgan diffuzion qatlam qalinligiga bog`liq bo`ladi. Qancha temperatura
katta bo`lsa, shuncha diffuzion qatlam qalinligi katta, lekin qattiqlik kam bo`ladi. Odatda
azotlangan diffuzion qatlam qalinligi 0,3-0,6 mm (300-600 mkm) bo`ladi. Agar temperatura 500-
520°C bo`lsa, shu qatlamni olish uchun 24-60 soat kerak bo`ladi.
Keyingi paytda azotlashni 570°C temperaturada ammiak (metall) qo`shib azotlash ham
qo`llana boshlaydi. Shunday ishlovdan keyin po`lat yuzasida karbonnitridli qatlam Fe
3
hosil
qilinadi. Bunday qatlamni azot qatlamiga qaraganda mo`rtligi kamroq ishqalanishga bardoshligi
katta. Legirlangan po`latlarda karbonitrid qatlamni qattiqligi Vikkere bo`yicha 6000-11000 MPa.
Bunday ishlov detalni chidamligini oshiradi va korroziyaga bo`lgan qarshiligi ham oshiradi.
Suyuq muhitda ham azotlash o`tkaziladi. Jarayon 570°C da 0,5-3,0 soat davomida sianli tuz
eritmalaridan yoki 55% karbonid. Quruq havo o`tkazish yo`li bilan olib boriladi.
Temperatura
past bo`lganligi uchun sianli tuzlarni parchalanishi natijasida po`lat yuzasida asosan azot
diffuziyalanadi. Natijada hosil bo`lgan karbonitrid Fe (H
2
0) qatlami (7-15 mm) ishqalanib
yemirilishga qarshiligi katta bo`lib, mo`rt yemirilishga moyilligi kam bo`ladi.
Nitrosementatsiya. Uglerodga va ammiakka boy bo`lgan gaz muhitda 840-860°C
temperaturada po`lat yuzasini bir paytda azotga hamda uglerodga boyitishga nitrosementatsiya
yoki gaz muhitidagi sementatsiya deb ataladi. Jarayon 4-10 soatda davom etadi. Asosiy maqsad
po`lat yuzasida qattiq hamda ishqalanib yemirilishga bardoshligi katta bo`lgan diffuzion qatlam
hosil qilishdan iborat. Tekshirishlar natijasida shu
narsa aniqki, agar metall yuzasi va uglerod
bilan birgalikda boyitilsa, uglerod diffuziya tezligi ortadi. Nitrosementatsiya temperaturasi
sementatsiya temperaturasidan 100°C katta bo`lgan holda.
Legirlangan po`latlar uchun masalan quyidagi tarkibdagi boshqariladigan endotermik gaz
qo`llaniladi. 1,5-5,5% (hajm) qayta ishlatilmagan tabiiy gaz va 1,0-359 hajm).
Nitrosementatsiyadan keyin, detalni temperaturasidan foydalanib toblash ham mumkin.
Ba'zi bir paytda toblash uchun qayta qizdirib pog`onali toblashni ham qo`llashadi. Toblangandan
keyin 160-180°C qizdirib bo`shatish o`tkaziladi. Optimal nitrosementatsiya o`tkazilib
toblangandan keyin po`latni yuza qatlamida mayda kristall donachali karbonitrid va 25-30%
gacha qoldiq austenit bo`ladi. Toblab so`ngra bo`shatilgandan keyin
diffuzion qatlam qattiqligi
HRC 58-60 yetadi. Odatda murakkab konfiguratsiyadagi detallarga sementatsiya o`rniga
nitrosementatsiya beriladi. Chunki nitrosementatsiya sementatsiyadan bir qator ustunligi bor.
Birinchidan, diffuzion boyitish jarayoni ancha past temperaturada boradi (sementasiyada 910-
930°C bo`lsa, nitrosementatsiyada 840-860°C).
Ikkinchidan diffuzion qatlam qalinligi ancha kam, detal kam deformatsiyalanadi. O`z simmetriya
o`qidan og`ishi kamroq, ishqalanib yemirilishga qarshiligi katta hamda korroziya bardoshligi
ham yaxshi.
Nitrosementatsiyalash texnologiyasi avtomobil va traktor mashinasozligi zavodlarda ko`p
qo`llaniladi. Masalan VAZ zavodida ximik-termik ishlov beriladigan detallarni 95% ga
nitrosementatsiyada qo`llaniladi.
Sianlash deb po`latlarni bir paytda azot va uglerod bilan CH birikmasi bo`lgan sianli tuz
eritmalarida 820-950°C da boyitishga aytiladi. Sianlash jarayonini temperaturasiga qarab yuqori
temperaturali (930-950°C), o`rta temperaturali (820-860 °C) hamda past temperaturali (760-
800°C) bo`lishi mumkin. O`rta temperaturali sianlashda past birikmasi bo`lgan tuz eritmasida
detal 820-860°C qizdiriladi. Bunda 150-350 mkm qalinlikda diffuzion qatlam olish uchun 30-90
min sarflanadi. Sianlash jarayonida natriy sian, xavodagi
kislorod bilan birikib, atomlar azot
va uglerodni hosil qiladi.
2NaCH+O
2
=2NaCHO
2NaCHO+O
2
=Na
2
CO
3
+CO+2H
2CO=CO
2
+Ca
Sianli vanna temperaturasidan foydalanib detal toblanadi va past temperaturali
bo`lmay o`tkaziladi. Sianlangan qatlam qattiqligi NRS 58-62 tashkil etadi. Bunday sianli qatlam
mexanik xarakteristikasi, sementatsiya qatlamida yuqori turadi. Bunday sianlash odatda mayda
detallarga beriladi.
Diffuzion metallizatsiya. Po`lat yuzasini alyuminiy, xrom, ammiak va shunga o`xshash
elementlarga boyitishga diffuzion metallizatsiya deb ataladi. Metallizatsiya o`tkazilgan detallar
bir qator qimmatli xossalarga ega.
Diffuzion metallizatsiya quyidagi usullarda bajarilishi mumkin:
1.
Diffuzion metallizatsiya o`tkaziladigan detalni suyuq metallga solish mumkin, agar
yengil eriydigan metall bo`lsa (alyuminiy, rux).
2.
Elektrolit usuli bilan yuzani diffuziyaga to`yintirish mumkin.
3.
Diffuziyalanadigan elementni sublimatsiya fazasidan
foydalanib, yuzani to`yintirish
mumkin.
4.
Gaz muhitida diffuzion to`yintirish mumkin.
Masalan xromlashda, yuzada hosil bo`lgan murakkab karbidlar (Cr, Fe),C
3
hisobiga
yuqori issiqbardosh bo`ladi - 800°C gacha ishlash mumkin. Suvda, dengiz suvida, azot
kislotasida zangbardoshligi katta bo`ladi.
Nazorat savollari.
1.
Yumshatish deb qanday termik ishlovga aytiladi va uning qanday turlari mavjud?
2.
Asbobsozlik po`latlari uchun yumshatishning qaysi turi qo`llaniladi? Normallash nima
maqsadda qo`llaniladi? Toblash temperaturasi qanday aniqlanadi?
3.
Po`latlarni nima maqsadda bo`shatiladi?
1.
Ximik termik ishlashdan maqsad nima?
2.
Sementatsiya qanday ishlov?
3.
Sementatsiyalangan po`latga qanday oddiy termik ishlov qo`llaniladi?
4.
Azotlashdan maqsad nima?
5.
Nitrosementatsiya qanday maqsadda qo`llaniladi?
6.
Sianlashning qanday turlarini bilasiz?
7.
Diffuzion metallashdan maqsad nima va uning turlari qaysilar?