Mashinasozlik materiallari



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə2/11
tarix20.10.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#158204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Engineering materials - lecture 10 (3)

Viskerizatsiya bu uglerodli, broli, va h.k. tolalari yuzalarida kremniy karbidi monokristallarini o‘stirish (ular uzunligiga perpendicular holda). Shu usulda olingan titilgan, betartib – chigal yuzali bor tolasi “borsik” deyiladi. Ipsimon kristallar hajmini 4–8% ga ortishi surish mustahkamligini 1,5–2-marta, elastik modulini va qisishdagi mustahkamlikni 40–50% ga ko‘taradi.
Aluminiy, magniy va ular qotishmalarini mustahkamlash uchun borli va uglerodli hamda o‘tga chidamli birikmalar (karbidlar, nitrid lar boridlar va oksidlar) tolalari ishlatiladi. Yuqori puхtalikdagi po‘lat simlari ham ishlatiladi.
Titan va uni qotishmalarini singlash uchun molibdenli sim, salfir tolalari, kremniy karbidi, titan boridi ishlatiladi.
Nikel qotishmalari olovbardoshligini oshirish uchun volframli yoki mobildenli simlar ishlatiladi. Yuqori issiq o‘tkazuvchanlikni va elektr o‘tkazishni oshirish uchun ham metall tolalar ishlatiladi. Yuqori mustahkamlik va yuqori modulli kompozitsion materiallarni mustahkamlash uchun istiqbol puхtalovchilari sifatida oksidlar va aluminiy nitridlarini ipsimon kristallari, kremniy karbidi va nitridi, bor karbidi va titan borididan foydalaniladi.
Aluminiy, magniy va titan qotishmalarini uzluksiz bor, kremniy karbidi titan diboridilarni qiyin eriydigan tolalar bilan singlash olovbardoshlikni ancha oshiradi. Kompozitsion materiallarning o‘ziga хosligi harorat ko‘tarilishi bilan vaqt birligida mustahkamlikni yo‘qotishlik tezligi kichik.
Dispers mustahkamlangan kompozitsion materiallar matritsalari asosiy kuchlanishni o‘ziga oladi, dispers zarrachalar esa dislokatsiyalar harakatini sekinlashtiradi. Zarrachalar o‘lchamlari 10–500nm va oralaridagi masofa 100–500 nm bo‘lganda yuqori puхtalikka erishiladi
Kompozitsion materiallarga quyidagi xususiyatlar yig’indisi xos:

  • Komponentlarning tarkibi, formasi va taksimlanishi oldindan aniqlangan;

  • Ikki va undan ortiq kimiyoviy xar xil materiallardan tarkib topgan va bir- birlari bilan ajralib turadilar;

  • Kompozitsion materialning xossalari xar bir tashkil etuvchining xossalari bilan aniqlanadi;

  • Kompozitsion materialning xossalari, tashkil etuvchilarning xossalaridan farq qiladi;

  • Kompozitsion material makromasshtab miqyosida birtanli, mikromasshtabda bir tanli emas;

  • Bu material tabiyatda uchramaydi va odamzodning ixtirosidir.

Geometrik ko’rsatkichlariga qarab tashkil etuvchilar xar xil bo’ladi. Butun xajm bo’yicha uzluksiz-to’xtovsiz tarqalgan komponent-matritsa deyiladi. Uzlukli, bo’lak-bo’lakli materiallar sinchlovchi yoki puxtalovchi tashkil etuvchilar deb ataladi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin