2. Umumiy tushunchalar va ta’riflar Mashinasozlik uchun sirtqi qatlam sifati juda ham katta ahamiyatga еga. Sifatni baholash uchun g’adir-budirlik, tо’lqinsimonlik va boshqa sonli parametrlar qо’llaniladi.
G’adir-budirlik deb,- bazaviy uzunlikda nisbatan qadami uncha katta bо’lmagan mikroizlar majmuiga aytiladi.
Tо’lqinsimonlik deb, g’adir-budirlikni о’lchash uchun qabul qilingan bazaviy uzunlikdan qadami sezilarli katta bо’lgan, periodik navbatma-navbat keluvchi notekisliklarga aytiladi. Tо’lqinsimonlik yuzalar g’adir-budirliklari bilan shakl og’ishlarning о’rtasini еgallaydi. G’adir-budirlik uchun l/H < 50 (9.1-rasm), tо’lqinsimonlik uchun l/Hv=50...1000 va shakl og’ish uchun l/Hv > 1000.N va Nv qiymatlar mikrometr ulushidan boshlab о’n millimetrlargacha bо’lgan oraliqda yotadi. G’adir-budurlikni baholashda nafaqat l va N lar hisobga olinadi, balki shuningdek mikrobо’rtiqlar shaklini ham,chunki u detallar xossalariga hal qiluvchi obrazda ta’sir kо’rsatadi.
G’adir-budirlik uch parametr Ra,Rz va Rmax, ikkita qadam parametri S, Sm va tp mikroprofil nisbiy tayanch uzunligi bо’yicha baholanadi.
Ra-profilni о’rtacha arifmetik og’ishi deb ataladi. (9.1-rasm).
yoki taxminan
bunda n-l bazaviy uzunlikda tanlangan nuqtalar soni;
yi - profilning og’ishi, ya’ni profilning har qanday nuqtasi va о’rta chiziq orasidagi masofa. Y masofa ishorasiga qaramasdan olinadi, ya’ni chiziq usti va osti m ordinatasi kabi (9.1 - rasm ).
Rz parametr - о’nta nuqta bо’yicha notekisliklar balandligi - bazaviy uzunlik oralig’ida, profil bо’rtiqlarining beshta еng katta balandliklari va botiqlarining еng katta chuqurliklari о’rtacha absolyut qiymatlarini yig’indisini bildiradi;
bunda, Himax - profilning beshta еng katta maksimumlarining og’ishi;
Himin - profilning beshta еng katta minimumlarining og’ishi.
Profilning о’rinli bо’rtiqlarining S о’rtacha qadami deb, bazaviy uzunlik oralig’ida о’rinlik bо’rtiqliklar qadamini о’rtacha qiymatiga aytiladi.
Profilning notekisliklarini Sm о’rtacha qadami deb, bazaviy uzunlik oralig’ida о’rtacha chiziq bо’yicha profil notekisliklari qadamini о’rtacha qiymatiga aytiladi.
Profil r tayanch uzunligi bazaviy uzunlik oralig’ida о’rta chiziqqa parallel bо’lgan mikronotekisliklar chizig’idan berilgan kesimda ajratiluvchi bо’laklar uzunliklari yig’indisi bilan aniqlanadi.
Profil tp nisbiy tayanch uzunligi, profil tayanch uzunligini bazaviy uzunlikka bо’lgan nisbati bilan aniqlanadi.
bunda r - profil kesimi darajasi; bi mikrobо’rtiqda ajratiluvchi bо’lak uzunligi.
G’adir-budirliklarni balandlik parametrlarining korrelyasion bog’liqligi mavjud.
Yassi balandlik va pardozlov - mustahkamlovchi ishlov berish uchun о’rtacha Rmax = 5,0 Ra , Rz = 4,0 Ra; yо’nish, randalash, frezalash uchun Rmax = 6,0 Ra, Rz = 5,0 Ra; qolgan ishlov berish usullari uchun Rmax = 7,0 Ra, Rz = 5,5 Ra.
G’adir-budirlikni baholash uchun oltita parametrni kiritilishining asosiy fikri shundan iboratki, ularning yordamida detallarni xizmat vazifalariga va еkspluatasiya qilish sharoitiga bog’lab, g’adir-budirlikni reglamentlashtirishdir.