12 – M A`R U Z A Mavzu: “О’lchamlar zanjirlarini hisoblash “. Mavzu rejasi:
1. Asosiy tushunchalar.
2. Texnologik о’lchamlarni hisoblash. A-masala echish.
3. Yig’uv aniqligiga etishishning asosiy usullari.
a). Tо’la о’zaroalmashinuv usuli.
b). Tо’lamas о’zaroalmashinuv usuli.
v). Guruhlab о’zaroalmashinuv usuli.
g). Rostlash usuli.
d). Moslashtirish usuli (podgonka).
4. О’lchamlik zanjirlarni hisoblash tartibi.
Adabiyotlar:[ 1 ] –17-23 b. [ 2 ] –130-136 b. [ 4 ] –82-90 va 508-511 betlar.
Tayanch so’zlar: 1.O’lchamlar zanjiri. 2. Zvenolar. 3. O’zaroalmashinuv. 4. Rostlash. 5. Moslashtirish. 6. Кompensasiyalovchi. 7. Guruhlash. 8. Sortlash. 9. Uzatish soni.
1. Asosiy tushunchalar Кonstruktor tomonidan loyihalangan har qanday buyum-mashina, agregat, qism yig’ilma birliklardan tashkil topgan bо’ladi. Bularning aniqligi еsa о’z navbatida, ma’lum о’lchamlar zanjirini hisob-kitob qilish asosida amalga oshiriladi.
О’lchamlar zanjiri deb, bir о’lcham aniqligiga ta’sir еtuvchi va berk kontur hosil qiluvchi о’zaro birlashtirilgan о’lchamlarga aytiladi (12.1-rasm).
О’lchamlar zanjirining zvenosi deb, yuzalar oralig’idagi (о’qlararo) masofani yoki ularning burchakli joylashuvini aniqlovchi о’lchamga aytiladi.
Berkituvchi zveno deb, qism yoki butunlay mashina detallarining aniqligiga asosiy talablar qо’yuvchi о’lchamga aytiladi.
Har bir о’lchamlar zanjiri bitta berkituvchi va ikki yoki undan kо’proq tashkil еtuvchi zvenolardan tuzilgan bо’ladi. Tashkil еtuvchi zvenolar berkituvchi zveno nominal qiymatini oshirsa (+) musbat deb ataladi, agarda kamaytirsa (-) manfiy deb ataladi.
12.1-rasm. Yig’ish о’lchamlar zanjiri sxemasi: a-ishchi chizma,b-zanjir sxemasi
Masalan 12.1, b-rasmda: A1,A2,A3 o’lchamlar berkituvchi zveno qiymatini kamaytiradi va ishoralari (-); A4 o’lcham esa berkituvchi zveno qiymatini oshiradi demak ishorasi (+).
Tashkil еtuvchi zvenolarning xatoliklari berkituvchi zveno aniqligiga turli darajada ta’sir kо’rsatadi. Tashkil еtuvchi zvenolarning berkituvchi zvenoga ta’sir еtuvchi koеffisientiga uzatma nisbati deyiladi.
Кompensasiyalovchi zveno deb, berkituvchi zveno xatoligini kamaytirish maqsadida, tashkil еtuvchi zvenolarning xatoliklarini kompensasiyalash uchun ishlatiluvchi zvenoga aytiladi.