Andijon mashinasozlik instituti “Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish” kafedrasi pedogog- hodimi J.Sh. Sodikjanov tomonidan tayyorlangan “Mexatron modullarning va robotlarning informatsion qurilmalari” o‘quv qo‘llanmasiga
TAQRIZ Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019-yilda tasdiqlangan “Mexatron modullarning va robotlarning informatsion qurilmalari” o‘quv dasturi asosida yozilgan.
Muallif J.Sh. Sodikjanov tomonidan yozilgan “Mexatron modullarning va robotlarning informatsion qurilmalari” o‘quv qo‘llanmasi, oliy o‘quv yurlari moddiy texnik bazasini yangilash, yangi ta’lim yo‘nalishlarini tashkil etish, ularni zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlash kabi vazifalarning ijrosini ta’minlashga o‘zini munosib hissasini qo‘shadi.
Talabalar tushinishi oson va o‘quv qo‘llanmaning samaradorligi yuqori bo‘lishi uchun mavzular ketma-ketligi juda yaxshi tanlanganbo‘lib xar bir mavzuga oid bir qator chizma va formulalar keltirilgan.
O‘quv qo‘llanmadan unimli foydalanish maqsadida oddiy va murakkab ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. O‘quv qollanmada information qurilmalar turlari, ularning asosiy vazifalari, hususiyatlari, mexatron qurilmalar va robotlarning metrologik tavsifi, ularning texnik ko‘rish tizimlarini yoritib beruvchi mavzular bayon etilgan.
Muallif ko‘p yillik tajribalari asosida mavzularni ma’lum izchillikda tuzib, xar bir bobni aniq va lo‘nda bayon etgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib mazkur o‘quv qo‘llanmani 5312600- Mexatronika va robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun foydali deb hisoblayman va nashr etishga tavsiya etaman.
Mashinasozlik texnologiyasi
kafedrasi dotsenti, PhD B.M. Kasimov