Mashqlarni tashkil etish


Innovative Developments in Sciences, Education and Humanities



Yüklə 214,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix09.05.2023
ölçüsü214,94 Kb.
#110016
1   2   3   4   5   6   7
Innovative Developments in Sciences, Education and Humanities 
Hosted New York, USA 
httpseconferencezone.org 
 
April 28
th
 2022 
102 
yengillashtirish uchun darsni aqliy mehnat bilan jismoniy mashqlar galmagal o‘tkaziladigan va «o‘n daqiqa» 
ish turini almashtirib turiladigan yo‘sinda tashkil etish zarur. Unda dars 35 daqiqa davom etadi. 
Mashg‘ulot yengil muammoli, bahsli, anjuman tarzida o‘tkazilsa, murabbiyning pedagogik mahoratiga 
bog‘liq holda o‘quvchilarda hosil bo‘ladigan motivlar kuchayadi. Ular topshiriqni to‘g‘ri bajarishga o‘rganadi, 
o‘quvchilar mashg‘ulot qoidasiga bo‘ysunib, o‘rtoqlari bilan savol-javob qilish odobiga rioya etadi va bir-
birlarining xatolarini aniqlashga odatlanadi. O‘quvchilarda ta’limga bo‘lgan mehr va jamoatchilikka 
nisbatan hurmat uyg‘onadi, go‘zal axloqiy fazilatlar tarkib topa boradi. 
Savod o’rgatish jaraynining bosqichlari: 
1.Alifbe davri — savod o‘rgatishning eng mas’uliyatli jarayoni. 
2.Alifbe davrining bosqichlarga bo‘linishi: 
— 1-bosqichda unlilar va aytilishi oson bo‘lgan undoshlarni o‘rgatish; 
— harflar yozuvini o‘rgatish; 
— bo‘g‘in va so‘z hosil qilib o‘qish va ularning yozuvdagi ifodasini o‘zlashtirish; 
— ongli va ifodali o‘qish malakasini shakllantirish; 
— 2-bosqichda tovush va harflarning analiz-sintezini takomillashtirish, artikulatsiyasi qiyin bo‘lgan 
tovushlarni o‘rganish; 
— 3-bosqich mohiyatini belgilash. 
3. Alifbe davrining so‘nggi bosqichida o‘quvchilar egallashi shart bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar. 
Mashhur pedagoglardan biri Y. A. Komenskiy shunday degan edi: «Faylasuflar insonni mikrokosm (kichik
olam) deyishadi... Hamma narsani bilish inson tabiatiga juda xosdir. Agar yetti yoshli boladan falsafaga oid 
hamma narsalar oqilona so‘ralsa, bola hamma savollarga javob berishi mumkin, chunki aql-idrok barcha 
narsani qamrab olishga qodir». 
Ana shu yetti yoshli bola — jajji mikrokosm barcha donoliklarning kaliti bo‘lgan bilimni egallashga sa’y-
harakat qilsa, birinchi qadamni savod o‘rganishdan boshlashi lozim. Unda birgina o‘qish va yozishni 
o‘zlashtirishning o‘zi o‘tkir aql-idrok bilan hal qilinadigan kashfiyotdir. Bu kashfiyot esa alifbe davrida hal 
etiladi. Boshlang‘ich ta’limda alifbe davri eng uzoq davom etadigan mas’uliyatli jarayon bo‘lib, unda 
tirishqoq o‘quvchilar o‘z ona tilisidagi tovushlarni bilib oladilar, barcha harflarni tanib, o‘qish 
va yozishga o‘rganadilar. Bu davrni shartli ravishda uch bosqichga bo‘lish mumkin: 
1-bosqichda a, o, i, u, e, o‘ kabi unli tovushlar, n, m, t, l, b, k,d, g kabi undosh tovushlarning o‘qilishi va
yozilishi o‘rgatiladi. Bosqichning asosiy vazifasi quyidagicha belgilanadi: 
— tovushlarning bosma va yozma shakllarini darslik talabi asosida o‘rgatish; 
— so‘z va bo‘g‘inni tovush tomonidan analiz qilish (ana, a-na, a-n-a);20 
— rangli rasmlarda aks etgan predmet atamasi bo‘lgan so‘zni bo‘g‘inlab, kitobda berilgan kubikchalarga 
joylash; 
— bo‘g‘inlab o‘qish asosini yaratish (ma, mi, mo; ma-na, O-mi-na); 
— o‘rganilgan tovushlarning grafik ifodasi bo‘lgan bosh va kichik harflarni yozish va so‘z yasash (N,n; O, o; 
Non); 
— ayrim bo‘g‘indan bir necha so‘z hosil qilish (o-na, o-la; lo-la, bo-la, to-la, xo-la, no-la); 
— ikki-uch gapdan tuzilgan dialogni o‘qish va yozish: 
— Shukriya, mana, kitob. 
— Yaxshi, lekin bu kitob kimniki, Akmal? 
— Kitob — Muhammad Aminniki. 
— harflar tartibini o‘zgartirish bilan so‘zda yangi ma’no yaratishga o‘rganish (o b o d, o s m o n); 
— 1 4 3 2, 2 1 3 4 5; 
— matnlardagi katak o‘rniga so‘z topib qo‘yish, o‘qish va qayta o‘z so‘zlari bilan aytish («Odobli bo‘l», 
«Bo‘ri bilan turna» kabi matnlar). 
Bu bosqichda bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga, ifodalilikka, so‘zlardagi ma’noni yo‘qotmaslikka,
urg‘uli bo‘g‘inlarga e’tibor berib, diksiyani rivojlantirishga diqqati jalb etiladi. O‘rganilgan so‘zlar ko‘lami 
oz bo‘lgani uchun o‘quvchilar «Alifbe» sahifalaridagi so‘z va matnlarni yodlab olishga erishadilar. Bundan 
tashqari, bolalarning 



Yüklə 214,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin