YUNESKO institutining 2000 yildagi tahliliy tadqikot materiallarida ("Distance Education for the Information Society: Policies, Pedagogy and Professional Development") keltirilgan masofali o`kitish modellarini keltiramiz: Yagonalik modeli. Ushbu model tashkiliy tuzilishiga ko`ra faqat masofali o`qitishda va "masofali" talabalar bilan ishlash maqsadida tashkil etiladi. O`qitish shunday amalga oshiriladiki, bunda ta`limning kunduzgi shakli zarur bo`lmaydi. Barcha o`qitish masofadan amalga oshiriladi. Ushbu modelda o`qitishda xududiy markazlar bo`lib, ularda talabalar o`qituvchilardan maslahatlar olishi yoki yakuniy imtihon topshirishlari mumkin. Bunday oliygoxlarda o`qituvchilarga ham talabalarga ham o`quv faoliyatining shakl va uslublarini tanlashda katta erkinlik beriladi. Vaqt va o`quv jadvallariga qa`tiy chegaralar qo`yilmaydi. Bunday tamoyilida o`qitish Ochiq universitetlarda, masalan, Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti (United Kingdom Open University - http://www. open.ac.uk) da tashkil etilgan.
Masofadan turib o`quvchilarni o`qitish o`qituvchi bilan o`quvchi ma`lum bir masofada joylashgan holda ta`lim berish tizimidir. Bunda o`qituvchini dars jarayonida kompyuterlar, sun`iy yo`ldosh aloqasi, kabelli televidenie kabi vositalar asosida tashkil qilishini talab qiladi. Zamonaviy kompyuter uzatish kanallarining rivojlanishi telekommunikasiya sohasida o`ziga xos tarixiy o`zgarishlar kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha o`quv muassasalari masofadan turib o`qitish uslubi asosida birlashtirilsa, o`qitish jarayonini yanada yuqori pog`onaga ko`tarish