4. Massivlar
4.1 Bir o`lchovli massivlar
Boshlang`ich bosqich
Toshiriq:
algoritm blok-sxemasini va masalani xisoblovchi dasturini tuzing.
№
Masala
1.
Elementlari 14 ta butun son bo`lgan massiv kiriting. Qiymati juft
bo`lgan elementlari sonini toping.
2.
Elementlari 12 ta butun son bo`lgan massiv kiriting. 5-elementini shu
massiv elementlarini o`rta arifmetigi qiymatiga almashtirib yangi
massiv hosil qiling.
3.
Butun tipli, 11 ta elementdan iborat massiv berilgan. Absolyut qiymati
massiv elementlarining o`rta arifmetigi qiymatidan katta bo`lgan
elementlari sonini toping.
4.
Butun tipli, 10 ta elementdan iborat massiv berilgan. Maksimal
elementini birinchi elementi bilan joyini almashtiring.
5.
Butun tipli, 9 ta elementdan iborat massiv berilgan. Maksimal
elementini minimal elementi bilan joyini almashtiring.
6.
20 ta elementdan iborat butun tipli massiv kiriting. Qiymatlari juft va
toq elementlaridan eng kattalarini toping.
7.
Haqiqiy tipli, 15 ta elementdan iborat massiv berilgan. qiymati birinchi
elementnikidan katta bo`lgan elementlari sonini toping.
8.
Haqiqiy tipli, 16 ta elementdan iborat massiv berilgan. Minimal va
maksimal elementlarini indeksi(joylashgan o`rinini) toping.
9.
Butun tipli, 15 ta elementdan iborat massiv berilgan. Massiv
elementlarini uning o`rta arifmetigiga bo`lib yangi massiv xosil qiling.
10.
Butun tipli, 17 ta elementdan iborat massiv kiriting (elementlari
musbat va manfiy). Manfiy sonlar modulining o`rta arifmetigidan
absolyut qiymati katta bo`lgan elementlari yig`indisini toping.
11.
Butun tipli, 14 ta elementdan iborat massiv kiriting. Musbat sonlarning
toqlari yig`indisini va sonini xisoblang.
Dostları ilə paylaş: |