Analitik usullar. Analitik model – ob’ekt xossa va xususiyatlarini matematik apparatlar yordamida ifodalanishi.
Sonli usullar. Sonli model – boshlang’ich shartlar asosida ob’ekt xossa va xususiyatlarini grafik yoki jadval ko’rinishda ifodalash.
Statistik usullar. Statistik model –ob’ekt xossa va xususiyatlarini statistika ma’lumotlari yordamida ifodalash.
Modellashtirishdagi xatoliklarni qanday guruhlarga ajratish mumkin?
guruh xatolar yechilayotgan masalaning modelini qurish bilan bog’liq xatolar. Bu xatolar matematik model xatosi deb ataladi.
guruh xatolar masalaning yechish uchun beriladigan boshlang’ich qiymatlarida uchraydigan xatolardir. Bu xatolar qutilib bo’lmaydigan xatolar deb ataladi.
guruh xatolar masalanin yechish usulidagi xatolardir. Bu xatolar yechish usulining xatosi deb ataladi.
guruh xatolar hisoblashlarni bevosita ShK yordamida bajarishda paydo bo’ladigan xatolardir. Bu xatolar hisoblash xatolari deb ataladi.
Yo’l qo’yilgan xatolarni qanday baholash mumkin?
Agar biror masalaning aniq yechimi x va modellashtirish natijasida olingan taqribiy yechimi x0 bo’lsa, u holda Δx=|x-x0 | miqdorga modellashtirishda yo’l qo’yilgan аbsolyut xato deb ataladi. Мatematik modellashtirishdagi xatolarni baholash uchun аbsolyut va nisbiy xato tushunchalari kiritiladi.
Model qurish va uni yechish jarayonidagi xatoliklarni ayrim imkoniyatlardan foydalanish hisobiga kamaytirish mumkin bo’ladi. Ba’zi hollarda ShK razryadiga bog’liq xatolardan qutilish uchun quyidagi takliflarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq bo’ladi:
Qiymati hisoblanadigan ifodalarni imkoni boricha soddalashtirish va unda bajariladigan аmallar sonini eng kam miqdorga keltirish;
Agar bir qator sonlar ustida qo’shish-ayirish amallarini bajarish lozim bo’lsa. dastlab kichik sonlar ustida amallarni bajarish;
Oraliq hisoblashlarda qiymatlari deyarli teng bo’lgan miqdorlar ustida ayirish amalini bajarmaslik.