87 Doira va oval shaklidagi figuralari farklash kaysi guruxda urgatiladi Aylana va doira hamda ularni qismlarining asosiy ta`rifi va xossalarini esda tutish lozim.1. Aylana va doirani ta`rifi: Aylana deb, aylana markazi deb ataluvchi nuqtadan bir xil masofadagi nuqtalar to`plamiga aytiladi. Doira deb, doira markazi deb ataluvchi nuqtadan berilgan masofagacha bo`lgan barcha nuqtalar to`plamiga aytiladi.Doira aylana va uning ichki nuqtalaridan tashkil topgan.2. Vatarning ta`rifi va xossalari:
Vatar deb aylananing ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesmaga aytiladi.
Vatarning asosiy xossalari: a) diametr vatarni teng ikki bo`lib, unga perpendikulyardir.
b) teng vatarlar aylana markazidan teng uzoqlikda joylashadi
va aksincha aylana markazidan teng uzoqlikdagi vatarlar o`zaro teng.
v) agar ikki vatar M nuqtada kesishsa
quyidagi munosabat o`rinli:
AM MB = CM MD
3.Aylanaga o`tkazilgan o`rinmani ta`rifi va xossalari:
Aylanaga o`tkazlgan o`rinma deb, aylana bilan bitta umumiy nuqtaga ega bo`lgan to`g`ri chiziqqa aytiladi.
Aylanaga o`tkazilgan o`rinmaning asosiy xossalari:
a) urinma aylanaga urinish nuqtasidan o`tuvchi radius bilan o`zaro perpendikulyar; agar to`g`ri chiziq radiusini oxiridan o`tib unga perpendikulyar bo`lsa, aylanaga o`rinadi.
b) agar o`rinma vatarga parallel bo`lsa, u holda u vatarga tiralgan yoyni teng ikkiga bo`ladi.
s ) Aylanaga o`tkazilgan ikki o`rinma aylana tashqarisida
kesishadi. Bunda ular hosil qilgan kesmalar teng, kesishish nuqtasi
va aylana markazidan o`tuvchi to`g`ri chiziq o`rinmalar bilan teng burchaklar hosil qiladi:
AB = AC, < OAB = <OAC. 4. Kesuvchi va urinma haqidagi teorema:
Teorema. Agar M nuqtadan MC o`rinma va MA
kesuvchi o`tkazilgan bo`lsa, u holda kesuvchini
aylanani kesib o`tuvchi nuqtalaridan M nuqtagacha
masofalar ko`paytmasi o`rinmani kvadratiga teng bo`ladi:
MB MA = MC2
5. Uzunliklar va yuzalarni hisoblash
formulalari.
Rradiusli aylana uzunligi: L = 2R; R radiusli doira yuzi: S = R2; R
radiusli aylananing markaziy burchagiga mos keluvchi
yoy uzunligi: ℓ = R ( - markaziy burchakni radian o`lchovi);
ℓ = (n0 – markaziy burchakni radius o`lchovi);
R radiusli doirani markaziy burchagiga mos keluvchi
doira sektori yuzi:
Ssek = = ; Ssek= . R radiusli doirani yoyiga mos keluvchi segment yuzi:
Scegm = ( - yoyning radian o`lchovi)
Ssegm = (n0 – yoyning gradus o`lchovi)
6. Aylanaga o`tkazilgan burchaklar:
a) Markaziy burchak o`zi aniqlagan
yoy bilan o`lchanadi:
< AOB =
b) Kesishuvchi vatarlar orasidagi
burchak, ularga tiralgan yoylar yig`indisini yarmiga teng (1);
v) Uchi aylanada yotuvchi burchak o`zi
aniqlagan yoyni yarmiga teng (2),
< AMD = ( + ). (1) < ABC= (2)
g) Urinma va vatar orasidagi burchak
tomonlari hosil qilgan yoy yarmi bilano`lchanadi.