93 Kichik guruhda tarbiyachi bolalarga buyumlaming qanday xususiyatlarini farqlashga o’rgatib boradi Ulug‘ ajdodlarimiz o‘z asarlarida Barkamol shaxs tarbiyasi va inson aql-zakovatining shakllanishida, musiqa ilmining o‘rni muhim ekanligini aytib o‘tishgan. Bu sohaning o‘ziga xos «sho‘ba»lari ichida musiqa madaniyati tarbiyasi san’atining ilmiy va tarbiyaviy ahamiyati yuqori baholangan. Shu bois ham ilm-fan, madaniyat va san’at sohasida jahonshumul e’tirof qozongan allomalar (Abu Nasr Forobiy, Abdulqodir Marog‘iy, Al Kindiy, Abdurahmon Jomiy, Ibn Sino, Darvesh Ali Changiy, Alisher Navoiy) musiqaga ham ilm sohasi, ham san’at, ham tarbiya vositasi sifatida alohida ehtirom bilan qarashgan, uning turli muammolariga oid yirik asarlar, risolalar yaratganlar. Bu asarlar musiqiy-nazariy bilimlarning tarixiy negizi sifatida bugungi kunda ham o‘z ilmiy, tarbiyaviy nufo‘zini yo‘qotgan emas. Biroq har qanday sohada bo‘lgani kabi, musiqiy ta’limda ham shaxsni shakllantirishning zamonaviy talablari mavjud bo‘lib, u har bir ijtimoiy davrning ta’limga buyurtmasi, ehtiyoji sifatida kun tartibiga chiqadi.Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchisi shaxsini shakllantirishda qo‘shiqlar o‘rgatish texnologiyasining o‘rni muhimligi mazkur bitiruv ishi natijalarida yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. Musiqa mashg‘ulotlarida qo‘shiq kuylash bolalarga ijobiy ta’sir etibgina qolmay, ularning musiqiy didi va musiqiy dunyoqarashi shakllanishiga ham samarali ta’sir qiladi. Shu bois maqbul mazmun va metodikada berilgan musiqiy bilimlar majmuasi bolalarda musiqaga barqaror qiziqishni tarbiyalaydi, muhimi ular yaxshi musiqani, janrlarni, xalq va mumtoz musiqasini ajratishga o‘rganadilar. Tadqiqot natijalari bolalarning qiziqish bilan qo‘shiq kuylab, musiqa tinglab, kompozitorlar hayoti bilan tanisha boshlaganliklarini ko‘rsatdi. Hatto avvaliga musiqa madaniyati mashg‘ulotlariga e’tiborsizlik bilan qaragan bolalar ham, ohir-oqibatda musiqa mashg‘ulotlariga ko‘tarinki ruhda, biror bir yangilikdan xabardor bo‘lish niyatida kela boshladilar. Bolalarda Musiqa mashg‘uloti tarkibidagi turli xil faoliyatlarga bo‘lgan qiziqish va intilish kuchaydi. Ko‘pchilik bolalarda musiqa tinglash, qo‘shiq kuylash, ritmik harakatlar bajarish jarayonlariga savodli, ya’ni ongli ravishda yondashish malakalari shakllandi. Bolalarda musiqiy asarning ifoda vositalari va shaklini tahlil qilish malakasini shakllantirish ularda o‘z fikrlarini bemalol bayon qilish ko‘nikmalarini shakllantirdi. Musiqa mashg‘ulotida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash Bolalarning musiqiy bilimlarga, jumladan musiqa savodiga qiziqishlarini kuchaytirdi. Bolalar endilikda musiqiy boshqotirmalarni bemalol yechadigan, notalarni yaxshi biladigan, tovush va uning xususiyatlarini anglaydigan, musiqa ifoda vositalari haqida aniq tushunchalarga ega bo‘ldilar. Tajribalar mashg‘ulotlarning samaradorligi ularning to‘g‘ri uyushtirilishiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. Musiqa «til»i hamma va barchaga tushunarli va yaqin. Shuning uchun u insonlarning ruhiyatini ko‘tarish, quvonch va rohat baxsh etish bilan birga, o‘sib kelayotgan yosh avlodni shaxs sifatida shakllantirishda benazir yordamchidir. Qo‘shiq kuylash faoliyati Bolalar tarbiyasida musiqa yetakchi o‘rin egallaydi. Bu faoliyat turi bolalarga boshqa faoliyat turlariga nisbatan yaqin va tushunarlidir. Bolalar qo‘shiq kuylashni sevadilar. Kuylash bolalar ijrochiligi faoliyati ichida yetakchi faoliyat turi bo‘lib, u bolalarning musiqiy-estetik tarbiyasida muhim o‘rin egallaydi. Yaxshi qo‘shiq bolani quvontiradi, har tomonlama kamol topdiradi va tarbiyalaydi. Cholg‘u kuylaridan farqli o‘laroq qo‘shiq kuylash kuchli emotsional ta’sir kuchiga ega. Chunki qo‘shiqda matn va musiqa badiiy birligi namoyon bo‘ladi. Qo‘shiq kuylash bola shaxsi tarbiyasiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘shiq inson aqliy kamolotini o‘sishiga, dunyoqarashini kengayishiga, atrof-olam haqidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi.Qo‘shiq kuylash jarayonida ular musiqani chuqurroq idrok etadilar, o‘z kechinma va his-tuyg‘ularini faolroq ifodalaydilar. Qo‘shiqning matni bolalarga musiqa mazmunini tushunishga va kuyni osonroq o‘zlashtirishga yordam beradi. Biror bir cholg‘uda ijro etilgan kuyga nisbatan ovozda ijro etilgan kuyni bolalar yaxshiroq idrok etadilar.