Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida mo’ljal olish malakalarini shakllantirish



Yüklə 484,96 Kb.
səhifə7/146
tarix20.05.2023
ölçüsü484,96 Kb.
#118253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   146
ww

Tayyorlov guruh
Geometrik shakllar. Bolalarni doira, kvadratni ikki teng qismga bo‘lishga, olingan qismlarni «yarim», «ikkidan bir qism» deb atashga o‘rgatish. Aniq material yordamida butun qismdan katta, qism esa butundan kichkina ekanligini belgilash.
Ko‘pburchaklar haqida tasavvur berish: uchburchak, to‘rtburchak-bu ko‘pburchak. Bolalarni ko‘pburchak elementlari (tomonlari, burchaklari, burchak uchlari) bilan tanishtirish.
Тayoqchalar yordamida turli shakllarni yasash.
Bolalarga doirani, kvadratni 4 ga bo‘lishni o‘rgatish. Aniq material asosida butun qismdan katta, qism esa butundan kichkina ekanligini belgilash.
Bolalarni 2 ta, 4 ta uchburchaklardan bitta ko‘pburchaklar tuzishga, kichik to‘rtburchakdan bitta katta to‘rtburchak tuzishga o‘rgatish. Beshburchak va oltiburchak bilan tanishtirish.

12.Bolalarni predmetlarni turli belgilar bo’yicha guruhlashga o’rgatish.


Uzunligi, kengligi har xil bo‘lgan bir necha predmetni (5 tagacha) birbirining ustiga uzunligi, kengligiga ko‘ra ortib va kamayib boradigan tartibda qo‘yib qiyoslashni o‘rgatish (eng keng, torroq, yana torroq, eng tor tasma).
Kattalik. Kichik guruhda bolalar har xil poloskalardan biror belgi (uzunlik, kenglik) ni topishga o‘rgatilgan edi. Mazkur bosqichda maktabgacha yoshdagi bolalar bir vaqtning o‘zida uzunlikni, kenglikni topa olish va ularni taqqoslay olish malakasini egallab olishlari kerak. Masalan, tarbiyachi hamma bolaga 2 xil rangli va uzunligi har xil, ammo kengligi (eni) bir xil bo‘lgan lentalarni tarqatadi va bolalarga tanish bo‘lgan usul (masalan, yonma-yon qo‘yish) bilan qaysi lenta uzun, qaysi lenta qisqa (kalta) ekanini topish topshirig‘ini beradi. So‘ngra uzun poloskani tanlash va uning uzunligi bo‘ylab barmoqni yuritib chiqishni taklif qiladi. Tarbiyachi “Poloskaning kengligi qani?” — deb so‘raydi va o‘zi poloskaning eni bo‘ylab qo‘lini yuritadi, keyin esa uning bo‘yi bo‘ylab qo‘lini yuritib chiqadi. Bolalardan poloskaning uzunligi (bo‘yi) kattami yoki kengligi (eni) kattami, deb so‘rash kerak, so‘ngra esa bo‘yi katta, eni esa kichik bo‘lishini tushuntirib berish kerak. Eng qisqa poloskani qarash bilan ham tarbiyachi bolalarni yuqoridagiga o‘xshash xulosaga olib keladi.
Mashg‘ulotning oxirida bolalarga poloskalarning eni bo‘yicha taqqoslashni taklif qilish mumkin. Bolalar bir poloskani ikkinchi poloska ustiga qo‘yib, ular uzunliklari bo‘yicha har xil bo‘lsa ham, ammo enlari (kengliklari) bo‘yicha teng ekanliklariga ishonch hosil qiladilar.
O‘rta guruhda bolalarni buyumlar orasidagi uzunlik, kenglik, balandlik bo‘yicha arzimas kichik farqlarni ilg‘ab olishga, har xil kattalikdagi 2 tadan ko‘p buyumlarni taqqoslay olishga o‘rgatish kerak.

Yüklə 484,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin