Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida mo’ljal olish malakalarini shakllantirish


Maktabgacha yosh bolalarda “ matematik tasavurlani shakllantirish” metodikasi kursi



Yüklə 484,96 Kb.
səhifə71/146
tarix20.05.2023
ölçüsü484,96 Kb.
#118253
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   146
ww

108 Maktabgacha yosh bolalarda “ matematik tasavurlani shakllantirish” metodikasi kursi nimani o’rgatadi?
Bolaning maktabda ta’lim olishi samarasi uning ona tilini bilishiga va nutkni qanchalik rivojlanganligiga kо‘prok bog‘liq bо‘ladi. Chunki butun о‘quv faoliyati shularga, ya’ni nutqiy mantiqiy rivoji, bolaning kattalarning yordamisiz mustaqil fikrlashi, til rivojlanganligi yutuqlarida erkin foydalana olishi, xikoya qilish, muloxaza yuritish, о‘z tasavvurini izoxlay olish, tushunarli qilib bayon etish kabi omillar asosiga quriladi. Shuningdek, bolaning maktabda ta’lim olishi uchun amaliy aqliy rivoji ya’ni, uning namunani chizish, aytib turiladigan bayoniy topshirikni bajarishi xam muxim sanaladi. Va nixoyat, maxsus tayyorgarlik bolani savodxonlikka о‘rgatish va uning maktabning 1 sinf о‘quv dastur materialini yetarli darajada egallash xaqidagi tushunchasini shakllantirishni nazarda tutadi.Bolalarni maktabga tayyorlash, birinchidan maktabgacha ta’limda tarbiyaviy ishni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni umumiy, xar tomonlama rivojlantirishning yuqori darajasini ta’minlaydigan, ikkinchidan bolalarni maktabning boshlang‘ich sinflarida о‘zlashtirishlari lozim bо‘lgan о‘quv fanlarini egallashga maxsus tayyorlashni ta’minlaydigan qilib tashkil etilishini nazarda tutadi. Shunga ko’ra zamonaviy psixologik-pedagogik adabiyotda (A.V.Zaparojets, A.A.Venger, G.M.Lyamina, G.G.Petrogenko, J.V.Taruntayeva va boshkalar) tayyorgarlik tushunchasi bola shaxsining rivojlantirish sifatida aniqlanadi va ikkita о‘zaro boglangan jixatlarda: «Maktabga о‘qishga umumiy psixologik tayyorgarlik» va «Maxsus tayyorgarlik» tarzida kо‘rib chiqiladi. Maktabga umumiy tayyorgarlik MTMsining maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni xar tomonlama tarbiyalashga oid davomli, maqsadga muvofiq ta’lim-tarbiyaviy ishning muhim yakuni sifatida namoyon bo’ladi.Maktabga umumiytayyorgarlik bolaning maktabga borish vaqtiga kelib aqliy, ma’naviy, estetik va jismoniy rivolanishda erishgan shunday darajasidirki, u bolaning maktab ta’limining yangi sharaoitlariga va о‘quv materialining ongli egallashga faol kirib borishlari uchun zarur asosni yaratadi. Bolaning maktabda о‘qishga aqliy tayyorligi. Maktabga aqliy tayyorlikning muxim tarkibiy qismi maktabga о‘qishga kirayotgan bolada atrof, dunyo xaqida yetarlicha keng bilish boyligining mavjud bо‘lishidir. Bilimlarning bu fondi о‘qituvchi о‘z ishini tashkil etishda tayanadigan zarur asos hisoblanadi. Bolani maktabga aqliy tayyorligida bolalar egallagan bilimlarning sifati ahamiyatlidir. Bilimlar sifatining kо‘rsatkichi birinchi navbatda ularni bolalar tomonidan ongli egallaganligi; tasavvurlarining aniq va tabaqalashtirilganligi; oddiy tushunchlar mazmuni va xajmining to’la qо‘ligi; о‘zlariga tushunarli о‘quv va amaliy vazifalarni hal etishda bilimlarni mustaqil qо‘llana olish qobilyatlari; muntazamlilik, ya’ni maktabgacha tarbiya yoshidagilarning narsa va hodisalar о‘rtasidagi tushunarli, muhim aloqa hamda munosabatlarni aks ettira bilish qobiliyatidir.

Yüklə 484,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin