Katta guruhda bolalarni buyumlarning miqdor,kattaliklari bilan tanishtirish
Miqdor, kattalik.Uzunligi, kengligi har xil bo‘lgan bir necha predmetni (10 tagacha) bir-birining ustiga uzunligi, kengligiga, qalin-yupqaligiga ko‘ra ortib va kamayib boradigan tartibda qo‘yib qiyoslashni o‘rgatish (eng keng, torroq, yana torroq, eng tor lenta). Predmetlar qanday tartibda terib chiqilganini tushuntirib berishga o‘rgatish.
Turli uzunlikka, kenglikka, balandlikka ega predmetlarni ko‘payib borish yoki kamayib borish tartibida (10 tagacha bo‘lgan predmetlardan foydalanib) terib chiqishga o‘rgatish, masalan: baland, past, yanada past, yanada pastroq, eng past. Butunni 2 ta, 4 ta teng qismga bo‘lishni, butun bilan qismni taqqoslashni o‘rgatish.
Shartli o‘lchov bilan tanishtirish. Taqqoslanayotgan predmetlardan biriga teng bo‘lgan o‘lcham yordamida ikkita predmetni uzunligi (kengligi, balandligi)ga qarab taqqoslashga o‘rgatish.
Narsalarni ko‘z bilan chamalab, miqdori, kattaligi (uzun (qisqa), keng (tor), enli (ensiz), baland (past), qalin (yupqa)) kabi namuna va unga teng bo‘lgan bolalar uchun tanish narsalar yoki harakatlar natijasida qiyoslanuvchi narsalarning o‘lchamini aniqlashga o‘rgatish.
Dostları ilə paylaş: |