Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida mo’ljal olish malakalarini shakllantirish


Bolalar tarbiyasida ota-ona namunasi muhimdir” - ushbu fikr kimga tegishli



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə93/173
tarix10.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#57194
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   173
Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida m


117. Bolalar tarbiyasida ota-ona namunasi muhimdir” - ushbu fikr kimga tegishli

Bolaning bir yoshidayoq rivojlanishi jadallashadi: tana vazni uch hissa oshadi, bo’yi 25 sm o’sadi, tishlari chiqadi, ovqat chaynashni o’rganadi, emishdan to’xtaydi, bola oyog’ida turishni, kattalar qo’lini ushlab yoki o’zi mustaqil yurishni biladi. 3 yoshgacha bu ko’rsatkich oshib boradi, qo’llar harakati takomillashadi, mustaqil kiyinadi, yechinadi, yuvinadi, qo’li bilan nozik harakatlarni qiladi, u endi qalam bilan rasm soladi, tugmasini qadaydi, gapirishga o’rganadi, shuning uchun ota-onalar juda sezgir va ehtiyotkor bo’lishlari kerak. Tana a’zolarining to’g’ri rivojlanishi aniq-ravon so’zlashga o’rganishi, ota-onalarni sabr-toqatli, aqlirasolik bilan ish tutishlariga bog’liqdir.Bolaning 3-7 yosh oralig’i alohida ahamiyatga ega. Bu davrda bolada zamon tushunchasi haqida to’g’ri tushunchalarni shakllantirish uchun unga yolg’on gapirmaslik, savollariga to’g’ri, jiddiy javob berish kerak. Bundan tashqari bolalarda gigienik ko’nikmalarni go’dakligidanoq shakllantirish kerak 2-2, 5 yoshidan yuz-qo’l yuvishni eslatib turish, nazorat qilish va ko’maklashish zarur. Tozallikka rioya qilish faqat bolaning sog’lig’ini saqlash uchungina emas balki uni kelajakda ham pokiza bo’lishining omilidir. Bolani 2 yoshidan tishlarini tozalashga o’rgatish kerak. Buning uchun kichkintoyga bolalar tish cho’tkasi, astasi berish lozim.To’g’ri uyushtirilgan kun tartibi katta ahamiyatga ega. Bolani aniq belgilangan vaqtda ovqatlantirish kerak, pala-partish ovqatlantirish bolalar salomatligiga yomon ta’sir qiladi. Yosh bolalarning nerv sistemasi juda ta’sirchan bo’ladi. Bolalar darrov cbarchab qoladilar va dam olishga ehtiyoj sezadilar. Dam olishning eng muhim turi uxlash bola har doim bir vaqtda uxlashi lozim. Tungi va kunduzgi, uyqu muddati bolaning yoshiga bog’liq nimjon bolalar ko’proq uxlashi lozim, uyqudan oldin ochiq havoda sayr qilish foydali, kechki ovqat yotishdan 1-1,5 soat oldin berilishi kerak.




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin