TAYYORLANISHI Mashg'ulotni boshlashdan avval, tarbiyachi albatta o'zi tanlagan natura, o'yinchoq, illustratsiya va o'zi bolalarga nisbatan qayerda turishi kerakligini aniqlab oladi. Mashg'ulotdan oldin tarbiyachi albatta chizishni, loydan yasashni, qirqishni mashq qilishi lozim. Bu esa tarbiyachiga uni tasvir etishning yo'l va vositalarini aniqlab olish va har bir murakkab qismi ustida ko'proq ishlashni va bolalarning diqqatini ham shu yerga ko'proq tortish imkonini beradi. Mashg'ulotga tayyorlanish jarayonida tarbiyachi metodik adabiyot-larga murojaat etadi, qay bir metod va usullarni qo'llash mumkinligi ustida ishlaydi. Tarbiyachi mashg'ulotni tashkil etishga tayyor bo'lgach, bolalarni o'yin faoliyatidan asta ta'limiy faoliyatga ko'chirib o'tadi. Mashg'ulotni tashkil etish jarayoni bir-ikki daqiqani tashkil etadi. Bu qism mashg'ulotga qarab turlicha uyushtirilishi mumkin. Masalan, bolalarning tasvirlashlari kerak bo'ladigan predmet yoki illustratsiyalarni ko'rishni, kichkintoylarga esa o'sha narsa bilan o'ynashi, qo'li bilan tegishi mumkin bo'ladi. Kichik guruhdan boshlab bolalarni sekin-asta, shovqinsiz, stol atrofiga o'tirishga o'rgatamiz. Mashg'ulotning turiga va mazmuniga qarab, turlicha o'tkazilishi mumkin. Masalan, kichik guruhda yarim oysimon shaklda o'tkazish mumkin. Bunda tarbiyachi har bir bolani ko'radi va yordam ko'rsatish maqsadida har birining oldiga borishi mumkin.
Hamma mashg'ulotlar uch qismga bo'linadi:
mashg'ulot ning boshlanishi - topshiriqni tushuntirish;
mashg'ulotning borishi - topshiriqning bolalar tomonidan bajarilishi;
mashg'ulotning yakuni - bolalar bilan bajarilgan topshiriqni tahlil qilish.
I va II qismlar bolalar yoshi va topshiriqqa qarab, 2-5 daqiqagacha davom etishi mumkin, I qismda tarbiyachi bolalarga ular bajaradigan topshiriqni xabar qiladi. Tarbiyachining tushuntirishi emotsional, ijodiy kayfiyat tug'dirishi lozim. II qismda tarbiyachi bolalarning berilgan topshiriqni bajarishga kirishishlarini tekshiradi. Bolalar ishi o'rtasida pauza bo'lmasligini, bola bir topshiriqni bajardimi, keyingisiga darhol o'tishlari, bajarishlarini kuzatish lozim. Mashg'ulot davomida bolalar tinch ishlashga, o'z o'rinlaridan so’roqsiz turmaslikka o'rganadilar. Katta guruhdagi bolalar dastavval tarbiyachi ruxsati bilan, keyin o'zlari suvni, mo'yqalamni o'z joyiga qo'yadilar. Kichik guruhda bolalar mustaqil bo'lmaganlari uchun ko'proq tarbiyachining o'zi bolalar oldiga kelib turadi. O'rta guruhdan boshlab bolalar tarbiyachiga qo'llarini ko'tarib, murojaat etishga o'rganadilar. Bolalarni asta-sekin mustaqil ishlashga o'rgatib boriladi. Bor bo'lgan qiyinchiliklarni o'zlari hal etish yo'llarini o'rganib boradilar. Mashg'ulotning yakuniga 5 daqiqa qolganda bolalar ogohlantiriladi. Bu narsa kichik guruh bolalari uchun ortiqcha hisoblanadi, chunki ular hali bu aloqani egallamagan bo'ladilar. Kichik guruhdan boshlab bolalarga agarda ishini oldinroq tugatgan bo'lsa, o'zi yana rasmni element bilan boyitish taklif etiladi. Tarbiyachi ishni tugatishni qat'iyan taklif etsa, bolalar hammasi ishni tugatishi va tarbiyachi kunning ikkinchi yarmida bolalarga o'z ishlarini tugatib olishga imkon yaratishi lozim.
Bolalar ishini tahlil qilish muhim metodlardan biri bo'lib hisoblanadi. Bolalar ishlarining tahlili ta'limiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bolalar ishlari devoriy ro'znoma qilib osiladi. Bolalar devoriy ro'znomadagi ishlarini yaxshilab ko'rib chiqadilar. Tarbiyachi bolalarning fikrlarini so'raydi va bolalar ishlariga umumiy baho beradi. Mashg'ulotdan so'ng bolalarga o'z ishlarini ko'rib chiqish uchun yana bir bor imkoniyat yaratib beradi. Agar mashg'ulot cho'zilib, vaqt qolmasa, sayrdan keyin yoki kunning ikkinchi yarmida amalga oshirish mumkin. Bolalar ishlarida tarbiyachi ota-onalar uchun burchak tashkil etadi va bolalar ishlarini u yerda keyingi mashg'ulotgacha qoldiradi. Albatta ular dastavval yaxshilab bezatiladi. Ularni turlicha bezatish mumkin. Masalan, pasport sifatida. Pasport bolalar ishidan katta bo'lib, bolalar ismi, fa