Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida mo’ljal olish malakalarini shakllantirish


Narsalarni sanab ajratish usullarini o'rgatish



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə54/173
tarix10.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#57194
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   173
Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida m

Narsalarni sanab ajratish usullarini o'rgatish. Bolalar narsalarni sanashni bilib olganlaridan so'ng ularga narsalarni sanab ajratish, ma'lum miqdordagi narsalardan iborat bo'lgan guruhlarni mustaqii tuzish o'rgatiladi. Bu ishga 6-7 mashg'ulot ajratiladi. Bu mashg'u lotlarda dasturning boshqa bo'limlari yuzasidan ham parallel ravishda ish olib boriladi.Narsalarni sanab ajratishni o'rgatish uning usullarini ko'rsatishdan boshlanadi. Odatda, ishning yangi usuli bolaning diqqat e'tiborini o'ziga butunlay tortib oladi va u qancha narsani sanab ajratish kerakligini unutadi. Ko'p bolalar narsalarni sanashda sonlarni narsalar bilan emas, balki o'z harakatlari bilan bog'laydilar. Masalan, qo'llariga narsani olib bir deydilar, uni qo'yishda esaikki deydilar. Tarbiyachi bu ish usulini tushuntirib, bolalarning sonni esda saqlab qolishlari zarurligini ta'kidlaydi, narsani indamasdan olish va uni qo'ygandagina sanash kerakligini ko'rsatadi hamda tushuntirib beradi.Birinchi mashg'ulotni o'tkazishda bolalarga namunalar (doirachalar yoki narsalar rasmi solingan quticha) beriladi. Bola namu naga qarab qutichada qancha doiracha bo'lsa, shuncha o'yinchoq (yoki buyum) sanab ajratadi. Quticha harakat natijalarini nazorat qilish vositasini o'taydi. Bolalar doirachalarni ichlarida sanaydilar.Awal namuna bola qo'liga beriladi, keyinchalik esa uni pedagog faqat ko'rsatadi, ,,Sanab chiq va hamma qo'g'irchoqlarga yetadigan kiyim olib kel" kabi narsalar yig'indisini tenglash mashqlari ayniqsa foydalidir. Bola o'yinchoqlarni sanab ajratadi va talab qilingan miqdorda olib keladi. Bunday mashqlar sanoq ahamiyatini ta'kidlash imkonini beradi.Bolalar uchinchi mashg'ulotda narsalarni aytilgan son bo'yicha sanab ajratishni o'rganadilar (,,Sanab chiq va 4 ta quyonchakel"). Bolalarga ma'lum miqdordagi narsalarni faqat sanab ajratish mas, balki ularni ma'lum bir joyga, masalan, yuqorigi yoki pastki tokchalarga, stolning o'ng yoki chap tomoniga joylashtirish hokazolar ham taklif qilinadi.Tarbiyachi ayni bir narsalar o'rtasidagi miqdoriy munosabatlarni va shuningdek, ularning joylashish o'rnini o'zgartiradi. Narsalarning soni, sifat belgisi va fazoviy joylashishi o'rtasidagi bog'lanishlar aniq o'lchanadi.Bolalar borgan sari ko'proq mustaqil ravishda, qo'shimcha savollarni kutib o'tirmasdan, narsalar qancha, ular qanday narsalar va qayerga joylashganligi haqida gapirib beradilar. Sanash natijasini ular narsalarni qayta sanab chiqish bilan tekshiradilar.Oxirgi 2-3 mashg'ulotda bolalarga turli narsalarni teng miqdorda to'plash taklif qilinadi. (Uchta doira, uchta kvadrat, uchta to'g'ri to'rtburchak — hamma figuralar uchtadan). Mazkur holda narsalarning hamma guruhlari uchun umumiy belgi ularning teng miqdorda ekanligidir. Bolalar bunday mashqlardan so'ng natijaviy sonning yakunlovchi ahamiyatini tushuna boshlaydilar.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin