БАР Математик тасаввурларни шакллантириш 3 курс узб СБ
Fanning asosiy vazifalari: 1.Talabalarda maktabgacha tarbiya muassalarida matematika elementlariga o‘rgatishning nazariy asoslari,bolalarning matematik rivojlanishining psixologik xususiyatlari, maktabgacha ta’lim muassasasi ishining mazmuni va metodlari haqidagi bilimlarni shakllantirish.
2.Talabalarda maktabgacha ta’lim muassasasida matematika elementlariga o‘rgatish jarayonini tashkil qilish, mashg‘ulotlarni rejalashtirish,mashg‘ulot ishlanmalarini tuzish va taxlil qilish,metodik usullari va ta’limiy o‘yinlar tanlash, ular bilan ishlash mazmuni va metodlarini tahlil qilishning kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishni ta’minlash.
3. Talabalarni maktab va oila bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga o‘rgatish. Talabalar ushbu kurs bo‘yicha maktabgacha tarbiya kollejida ishlash mazmuni va shakllari bilan tanishtirish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishning vazifalari (ta’limiy tarbiyaviy).O‘qitish mazmuni va yo‘llarining umumiy tavsifi bilan qurollantirish.
elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasini o‘zlashtirgandan so‘ng- fanning maqsad va vazifalari uning mazmuni shakl va usullari, maktabgacha yoshdagi bolalarni yosh xususiyatlarini xisobga olgan holda ta’limni tizimli ravishda tashkil etish va zamonaviy ta’lim usullaridan foydalanish bilimga;
asosiy matematik tushunchalarni, elementar matematik tushunchalarni shaklllantirishning shakl va metodlari, maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab xamkorligidagi ishlarni, turli ta’lim muassasalarida turli sharoitda pedagogik jarayonni o‘ziga xos xususiyatlari va mazmunini tashkil etishni ko’nikma ;
ta’lim jarayonini rejalashtirish ,uning natijalarini taxlil qilish va baxolash. Har kungi ta’lim va tarbiyaviy ishni dastur asosida tashkil etish,pedagogik diagnostik ishni tashkillashtirish. Bolalarni matematik jixatdan bilim olishlari uchun shart- sharoit yaratish malakasiga ega bo’lishi kerak.