Onglilik, faollik va Mustaqillik prinsipini amalga oshirish quyidagi shartlarni
bajarishni talab etadi: o’quvchilarning fan ma’lumotlarini, o’quv materialini egallashi, uni
chuqur fikrlay olishi, bilimlarni yangi sharoitlarda amaliyotda qo’llay olish ko’nikmasi,
bilimlarni ishonchga, amalda qo’llanmaga aylanishi sifatida tushuniladi.
Tarbiyaviylik prinsipi o’quvchilarga fanga bo’lgan qiziqishni uyg’otish yangi bilimlarni o’zlashtirishga xarakatini, ularni egallash va Mustaqil kengaytira olishga
o’rgatishni o’z ichiga oladi, shu bilan birga ularda tafakkurni shakllantirish, matematik
tushuncha va tasavvurlar bilan boyitish, xotira va didaktikani rivojlantirish, ijodiy tafakkurni
tarbiyalash kabi ishlarni amalga oshirishni talab etadi.
Bu prinsip o’qitishda o’quvchida ziyraklik, topkirlik, akllilik xislatlari bilan birga iroda,
chidam, ko’yilgan maqsadga erishishda sabot, puxtalik va aniqlik, shuningdek vatanga
muxabbat kabi xamda rostguylik, mexnatsevarlik kabi insoniy fazilatlarni tarbiyalash xam
matematika darslarida amalga oshirilish imkoniyatlari mavjudligini ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: |