Matematika o’qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari. Matematikaning fan va o’quv predmeti sifatidagi xarakteristikasi



Yüklə 48,84 Kb.
səhifə14/19
tarix30.04.2022
ölçüsü48,84 Kb.
#56778
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
oraliq mo\'m

O`qitishni individuallashtirish: o’qituvchi faqat birgina o’quvchi bilan o'zaro munosabatda bo‘ladi; bir o’quvchi faqat o'qitish vositalari (kitoblar, komyuter va b.) bilan o'zaro aloqada bo`ladi. Individual o‘qitishda faoliyatning mazmuni, metodlari va surati o’quvchining xususiyatlariga moslashtiriladi. O`qitishni individuallashtirish quyidagi mualliflik texnalogiyalarida asoslab beriladi:

Inge Untning o'qitishni individuallashtirish texnologiyasi;

A.S. Gransikayaning moslashuvchan o‘qitish texnologiyasi;

V.D. Shadrikovning individuallikka qaratilgan reja asosida o`qitish texnalogiyasi.

Inge Untning o‘qitishni individuallashtirish texnalogiyasidagi asosiy mazmuni hozirgi sharoitda o‘qitishni individuallashtirishning muhim shakli o‘quvchilarning maktabdagi va uydagi mustaqil ishlari deb qoidalashtirilgan. Inge Unt uning mazmuni va metodikasi deb mustaqil ishlar uchun individual o‘quv vazifalari, joriy o ‘quv adabiyotiga moslashtirilgan, individuallashtirilgan mustaqil ishlar qo‘llanmasi asosida nashr etilgan ish daftarlarini tushunadi.

A.S.Graniskaya o‘zining moslashuvchan o‘qitish tizimini sinf-dars tizimida tashkil etish va unda o‘qituvchi 60-80% vaqtini o‘quvchilar bilan individual ishlashga ajratish mumkinligini qayd qiladi. AS.Graniskaya metodikasining o‘ziga xosligi uning darsni muayyan g‘ayriodatiy qurilma asosida tashkil etishidir:

• Birinchi qism — barchani o’qitish;

• Ikkinchi qism — ikki parallel jarayon: o’quvchilarning mustaqil ishlari va o’qituvchining ayrim o’quvchilar bilan individual ishlashi, ya ’ni umumlashtirilgan sxemalardan foydalanish, almashinib turuvchi juft o`qituvchi bo`lib ishlash, moslashuvchan ko‘p qirrali vazjfalar va boshqalar.



V.D.Shadrikov gipotezasiga ko‘ra agar o’quvchiga murakkablashib boruvchi vazifalarning tafsiloti berilsa, unga o‘rganish jarayonini motivatsiyalash taklif etilsa, lekin o’quvchiga shu bugun uning uchun mumkin va qulay ishlash imkoniyati qoldirilsa, o‘quvchilar qobiliyati samarali rivojlanadi deb hisoblanadi.


Yüklə 48,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin