Bir xil narsaning oʼzini koʼp martalab takrorlayverish istalgan samarani bermaydi va bolalarning charchashiga sabab boʼladi. Koʼrgazmali qurollarni almashtirish va bolalar faoliyatini tobora murakkablashtirib, metodik usullarni oʼzgartirib turish muhimdir. Shu yoʼl bilan bolalarning qiziqishlarini, fikrlashlarini aktivlashtirish, charchashning oldini olish mumkin boʼladi.
Mashqlar hamma bolalar bir vaqtda yoki bitta bola doska yoki tarbiyachining stoli oldida bajaradigan yakka tarzda bo‘lishi mumkin. Hamma bolalar bajaradigan mashqlardan bilimlarni o‘zlashtirish va mustahkamlashdan tashqari, nazorat qilish uchun ham foydalanish mumkin.
Yakka-yakka tarzda bajariladigan mashqlar ham o‘sha vazifalarni bajaradi-yu, ammo ular bolalar faoliyatida yo‘nalish oladigan obraz (namuna) sifatida ham xizmat qiladi.
Ular orasidagi bog‘lanishlar vazifalarining umumiyligi bilangina emas,
Mashqlar bolalarning yoshiga qarab qiyinlashtirila boriladi. Ular bir
necha bo‘g‘inlardan tashkil topadi. O‘quv-bilish mazmuniga oid o‘yin-mashqlar muammo shaklida emas, ko‘pchilik hollarda,ularni bajarish uchun tasavvur bo‘yicha harakat qilish, topqirlikni namoyish qilish, aqllilikni ko‘rsatish talab qilinadi.
· Kompleks, mashqlar eng samaralidir, chunki, ular dasturning har xil bo‘limlariga doir masalalarni bir vaqtda bir-biri bilan tarkiban birga hal qilish
· imkonini beradi. Masalan,“Geometrik shakllar”, “Kattalik”,“Miqdor va sanoq” bo‘limlariga oid masalalarni bir vaqtda hal qilish imkonini beradi. Bu xil mashqlar mashg‘ulotlarning foydali ish koeffisientini oshiradi.