36
Amaliy mashg‘ulotlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlarda materiallar qarshiligining asosiy mavzulari bo'yicha turli konstruksiyalarni mustahkamlikka, bikrlikka va ustuvorlikka hisoblash, loyihalash va tekshiruv hisoblarini bajarishga doir misol va masalalarni yechish ko‘rib chiqiladi.
Cho’zilish-siqilishda statik aniq masalalar.
Cho’zilish-siqilishda statik noaniq masalalar.
Sterjenning buralishi. Statik aniq va noaniq masalalar.
Tekis shakllarning geometrik xarakteristikalari.
Balkalarda ichki kuch omillarining analizi.
Statik aniq balkalarni mustahkamlikka hisoblash.
Balkalarda chiziqli va burchak ko’chishlarni aniqlash.
Sterjenning qiya (qiyshiq) egilishida va markaziy bo’lmagan cho’zilish-siqilishda mustahkamlikka hisoblash.
Tekis ramalar uchun eguvchi moment epyuralarini qurish.
Tekis fazoviy va fazoviy ramalar uchun eguvchi va burovchi moment epyuralarini qurish.
Tekis fazoviy va fazoviy ramalar uchun chiziqli va burchak ko’chishlarni aniqlash.
Tekis ramalarda va egriligi kichik bo’lgan egri sterjenlarda chiziqli va burchak ko’chishlarni aniqlash.
Statik noaniq tekis ramalar va egriliga kichik bo’lgan egri sterjenlar hisobi.
Statik noaniq tekis fazoviy va fazoviy ramalar hisobi.
Statik noaniq balkalar hisobi.
Sterjen umumiy holda yuklanganida mustahkamlikka hisoblash.
Umumiy holda yuklangan yupqa devorli trubalarni mustahkamlikka hisoblash.
O’qqa nisbatan simmetrik yuklangan doirasimon qobiqlarni momentsiz nazariya bo’yicha hisoblash.
Stilindrik qobiqning o’qqa nisbatan simmetrik egilganida chegaraviy effekt hisobi.
O’qqa nisbatan simmetrik yuklangan doiraviy plastinalar hisobi.
Qalin devorli stilindrlar hisobi.
Qalin devorli qo’shma stilindrlar hisobi.
Statik aniq va statik noaniq cho’zilish-siqilishga ishlaydigan sterjenlarni elastiklik chegarasidan keyingi hisobi.
Statik aniq balkalarning elastiklik chegarasidan keyingi hisobi. Qoldiq deformastiyalarni aniqlash.
Statik noaniq balka va ramalar uchun chegaraviy yukni aniqlash.
Doiraviy kesim yuzali buralishga ishlaydigan bruslarni elastaklik chegaradan keyingi hisobi.
Siqilgan sterjenlar uchun elastik chiziqning differenstial tenglamasini integrallash yo’li bilan kuchlarni aniqlash.
Siqilgan sterjenlar uchun kritik kuchni energetik usul bilan aniqlash.
Siqilgan sterjen uchun ruxsat etilgan kuchlanishni kamaytirish koeffistienti bo’yicha hisoblash.
Bir o’qli kuchlanish va sof siljishda chidamlilikka hisoblashlar.
Egilish bilan buralish birga sodir bo’lganda vallarni chidamlilikka hisoblash.
Zarbiy kuch ta’siriga hisoblash.
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan uslubiy ko’rsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar ma’ruza mavzulari bo’yicha olgan bilimlarini amaliy masalalar yechish orqali ko’nikmalarga aylantiradilar. Amaliy mashg’ulotlar mavzusi bo’yicha yechilishi kerak bo’lgan masalalarga doir bo’lgan o’quv qo’llanmalarni elektron variantini talabalarga tavsiya qilish lozim.
“Materiallar qarshiligi” fani bo`yicha amaliy mashg’ulotining kalendar tematik rejasi Avtomobilsozlik va traktorsozlik, Texnologik mashinalar va jihozlar, Mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, Kasb ta’limi (5310600 – Yerusti transport tizimlari va ularning ekspulatasiyasi )Xizmatlar soxasi yo’nalishi
Dostları ilə paylaş: |