35
cho‘yanda 4,3% S dan ko‘p bo‘lsa sovigandan so‘ng birlamchi
sementit va ledeburit donachasidan iborat bo‘ladi.
a) evtektigacha bo‘lgan cho‘yan perlit va lediburit (ikkilamchi
sementit ko‘rinmaydi(;
b) evtetik cho‘yan ledeburit (perlitni sementit bilan aralashmasi(;
v) evtetikadan keyingi cho‘yan sementit (oq plastinkalar( va
ledeburit.
Shuni aytish kerakki soviganda PSK chizig‘idan pastda ledeburit
tarkibidagi austenit perlitga o‘tadi.
Bunda sementit setkasini orasida perlit
joylashadi va qattiqligi
NV=600 bo‘lib mo‘rtligi ko‘tariladi.
Temir-sementit diagrammasi katta ahamiyatga ega. U po‘latlarga
termik ishlov berishda,
issiqlik bilan bosim ostida, (shtamplashda,
bolg‘alash, cho‘zish va jo‘valashda) keng qo’llaniladi. Bundan
tashqari
quymakorlikda
qotishmaning
erish
temperaturasini
aniqlashda ham ishlatiladi.
4.4. Temir grafit holat diagrammasi
Tez sovitilgan qotishmalarda (cho‘yanda) sementit hosil bo‘ladi.
Temir sementit sistemasini metastabil deb ataymiz, ya’ni noturg‘un.
Ma’lum sharoitda
sementit parchalanadi, austenit va erkin holdagi
grafitni hosil qiladi. Sekin sovitilganda eritmadan
grafit kristallanish
natijasida ajralib chiqadi. Temir-grafit holat diagrammasi stabil –
turg‘un bo‘ladi. Eritmada grafitning ajralib kristallanishiga
grafitlanish deb ataymiz.
Bu hodisa qotishmaning qattiq holida ham ro‘y berishi mumkin,
chunki sementit yuqori temperaturada noturg‘un bo‘ladi:
1. sementit
parchalanib, atomlar austenitda eriydi;
2. grafitning kristallanish markazi austenitda hosil bo‘ladi;
3. uglerodning atomi austenitda diffuziyalanishi – grafitlanish
markazida;
4. ajralgan grafitni o‘sishi 4.5-rasmda ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: