Kelajak materiallari. “aqlli materiallar” “Aqlli” yoki (intelektual) materiallar deb ko’pgina zamonaviy texnologiyalarga ta’sir etuvchi sun’iy xolda ishlab chiqarilgan yangi moddalar guruxiga aytiladi. “Aqlli” tarifi ushbu materiallarga tashqi ta’sir o’zgarishlarini sezishi va belgilangan xolda o’zgarishlarni bartaraf etishi, trik organizmlarning sifatlari mavjudligi uchun qo’llaniladi. “Aqlli” materiallar tushunchasi yana odatiy moddalar va “aqlli” moddalardan tuzilgan murakkab tizmlar uchun xam keng tarqalgan.
Aqlli materiallar (yoki tizm) uchun komponent sifatida ayrim turdagi datchiklar ishlatiladi (kiruvchi to’lqinlarni aniqlovchi) bundan tashqari ijrochi tizmlar (aktivatorlar) qurilmaga moslashishi uchun javobgar vazifasida qo’llaniladi. Oxirgilari harorat o’zgarishi, yorug’likning jadalligi, magnit va elektr maydon kuchlanishiga javoban mexanik xossalar, shaxsiy chastotalar joylashuvi va qoliplarni o’zgartirish uchun ishlatiladi. Aktivatorlar sifatida to’rt turdagi materiallar ishlatiladi: qolipni o’zgartiruvchi qotishmalar, keramikaning pezoelektrik turlari, magnit striktsion materiallar va elektroreologik – elektromagnit suyuqliklar.
“Xotira”li qotishmalar – deb harorat o’zgarganda deformatsiyadan keyin xam o’zining avvalgi xolatiga qaytuvchi metallarga aytiladi.(“Qiziqarli ma’lumotlar”ga qaralsin). Keramikaning pezoelektrik turlari - elektr maydon (yoki kuchlanish) dagi o’zgarishlarga javoban ular kengayadi yoki siqiladi, agarda ularning o’lchamlari o’zgarsa natijada elektr to’lqinlari kuchayishi yuzaga keladi.. Magnit striktsion materiallar pezoelektriklar reaktsiyasi bilan bir xil, ammo magnit maydon reaktsiyasini o’zgartirish imkoni mavjud. Elektroreologik va magnitoreologik suyuqliklar bu elektr va magnit maydon o’zgarishlariga javoban qovushvovlikning katta o’zgarishlariga chidamlilik muxitidir. Datchiklar sifatida qo’llaniluvchi materiallar, qurilmalar optik tola, pezoelektriklar (ular sirasiga ayrim polimerlar kiradi) va mikroelektromexanik qurilmalar, MEMS abbreviaturalari kiradi.
“Aqlli” qurilmalar misoliga vertolyotlarda parraklar aylangandagi shovqinni pasaytiruvchi tizimni keltirish mumkin. Pezoelektrik datchiklar parraklarga o’rnatiladi va ular deformatsiya natijasida kuchlanishni kuzatadi: to’lqin ushbu datchiklar orqali ishlovchi mexanizmga uzatiladi va kompьyuter yordamida “antishovqin” yuzaga keladi, vertolyot parraklari ishlashidan yuzaga kelgan shovqin kamayadi.