Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi


Sovuqqa chidamli materiallar



Yüklə 3,96 Mb.
səhifə36/157
tarix28.12.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#201032
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   157
6,20 mavzulr slayd

8.1.3. Sovuqqa chidamli materiallar.
Sovuqqa chidamli materiallar deb, past xaroratlarda 0-(-260ºC) da xam o’zini qovushqoqligini etarli darajada saqlab turadigan materiallarga aytiladi. Sovuq sharoitda ishlaydigan po’lat konstruktsiyalar (ko’priklar, stalbalar, temir yo’l relslari,gaz va neft trubalari) qurilish mashinalari, avtomobillar (shimoliy joylarda -60ºC da ishlaydigan) juda ko’p. Samolyot obshivkalari-qoplamalari, raketa va kosmik kema detallari 0ºC dan suyuq kislorod xaroratigacha (-1830S) sovuq sharoitda ishlaydi. Suyultirilgan gazlarni saqlovchi xajmlar suyuq geliy xaroratigacha (-269ºC) sovitiladi.
Materiallarni ishlash xarorati pasayishi bilan ularning qovushqoqligi, plastikligi pasayadi mo’rt emirilishga (buzilishga) moyilligi ortadi. Bu materialni mo’rt sinishga olib keladi. Mo’rt temirga, po’latlarga, xajmi markazlashgan va geksogonal panjarali po’lat va qotishmalarga xos. Material ishonchli ishlashi uchun qovushqoqlik xarorati zaxirasi bo’lishi lozim. Bunga materialni sovuq sinish ostonasi (chegarasi) uni ishlatish xaroratini past bo’lgan xolatda erishiladi. Materialni zarur bo’lgan qovushqoqlik xarorat zaxirasi materialni sovuq sinishiga ta’sir qiluvchi faktorlarga bog’liq: kuchlanishlarni to’planishiga, kuch qo’yish tezligiga, detal o’lchamlari va x.k.
Qovushqoqlikni xarorat zaxirasi qancha katta bo’lsa, soviq sinish xavfi kichik bo’ladi,ishlash ishonchliligi yuqori bo’ladi.
Yoqlari markazlashgan kristallik panjarali metall va qotishmalar,titan va uning geksogonal panjarali qotishmalarini sovuq sinish ostonasi yo’q,ularni sovutganda zarbiy qovushqoqligi bir tekis(bir oxangda)kamayadi.
Bunday materiallarni sovuq sinishi uni zarbiy qovushqoqligi 0,3MDj /m2
(tksi=0,3) dan ko’p bo’lgandagi xarorati bilan baxolanadi.
Sovuq sinishga yana quyidagi faktorlar xam ta’sir qiladi: mustaxkamlik (σvag), fizik va texnologik xossalar,tashqi muxit bilan mosligi.
Materialni issiqlik sig’imi va issiqlik o’tkazishligi qancha kam bo’lsa, uni sovishi (muzlashi) shuncha oson bo’ladi.
Plastiklik yupqa listlar va yupqa devorli elimentlar olish imkonini beradi. Yupqa devorli detallar (konstruktsiyalar) qalin devorliga nisbatan sovuq sinishga moyilligi kam.
Vodorod metallda, ayniqsa titanda erib uni yaxshigina mo’rtlashtiradi.

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin