2.2.60720600 – Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasita’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyatlariga qo’yiladigan malaka talablari
Loyiha-konstruktorlik faoliyatida Bakalavr:
bajarilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo’yicha faoliyatning ishlab chiqarish va texnologik masalalarini fan va texnikaning zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan xolda kasbiy yechish;
internet tarmog’ida eng yangi ilmiy va texnologik yutuqlar haqida informatsiyani maqsadga yo’nalgan xolda qidirish va topish;
ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish jamoasi tarkibida (tayyorgarlik profiliga mos ravishda) kasbiy faoliyat masalalarini yechish qobiliyatlariga ega bo’lishi kerak.
namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ularni qo’llash;
termik tsexlarni, ularni asbob-uskunalarini loyihalash, ularning ishini tashkil etishda zamonaviy texnologik jarayonlarni tatbiq etish, qo’llash;
ilmiy va amaliy faoliyatda avtomatlashtirilgan tizimlarning instrumental vositalari va muhitlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish;
inson sog’ligini va uning ishchanlik qobiliyatini saqlash bo’yicha hamda mehnat jarayonida xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha metodika va tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligi bo’yicha mutaxassislarga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqish;
kasbiy etika kodeksiga rioya qilish qobiliyatlariga ega bo’lishi kerak.
ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirish;
zamonaviy axborot texnologiyalar tizimini yaratish va ulardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash metodlari va mexanizmlarini ishlab chiqish;
atrof–muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish;
muhandislik va konstruktorlik yechimlarini amaliyotga tatbiq qilish;
fikrlar har xil bo’lgan sharoitda boshqaruv qarorini qabul qilish;
birlamchi texnologik yoki ishlab chiqarishni tashkil qilish va uni boshqarish;
bajarayotgan faoliyati bo’yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirgan ishining natijalarini baholash;
ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhit muhofazasi, yong’in, texnika va mehnat xavfsizligi talablariga mosligini monitoring qilish qobiliyatlariga ega bo’lishi kerak.