15
o’lchash asboblarini tanlash uchun foydalaniladi. Diodlarii (Diodes) va o’lchash
asboblarini (Instruments) tanlash oynalari 2.1-rasmda ko’rsatilgan.
Sxemani hisoblashni aktivlashtirish va to’xtatish (Activate/Stop) hamda
pauza (Resume) knopkalari dastur oynasining yuqori o’ng burchagida joylashgan.
Activate/Stop knopkasi 0 va 1 raqamlariga ega. Ulardan birini bosish yo’li bilan
sxemani hisoblashni aktivlashtirish yoki to’xtatish mumkin [16].
Sxemani uzoq vaqt davomida aktivlashgan holatda ushlab turish
maqsadga muvofiq emas. Chunki ma`lumotlarni uzoq vaqt davomida
intensiv qayta ishlash natijasida hisoblashlardagi xatoliklar ortib ketishi
mumkin. EWB dasturida ishlash quyidagi uch etapni o’z ichiga oladi:
• sxemani tuzish;
• sxemaga o’lchov asboblarini ulash;
• sxemani aktivlashtirish, ya`ni tadqiq qilinayotgan qurilmadagi jarayonlarni
hisoblash
Dostları ilə paylaş: