Matn tavsifi va matn tiplari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/55
tarix17.04.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#99298
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
Tarqatma material Х.Усманова (1)

qayrilib qaraydi. (T.Murod). 2.Tinglovсhi e’tiborini tortish maqsadida 
so‘zlovshining atayin jim qolishini ifodalshda: - Gap lo‘ndasi… 
Shvetsiya vaziri Falonсhiyev janoblari aytganlariday, bu tuproq 
O‘rusiya tojidagi oliy qimmat dur, ha, dur! (T.Murod). 3. 
Qahramonning ma’lum muddat o‘ylanib qolganligini ifodalashda:
O‘zi … poshsho kattami, vazir kattami? (T.Murod). – Bolalarim… -
deydi. Oppoq soch odam lablarini cho‘chchaytirib-cho‘chchaytirib 
o‘ylab qoladi. – Bolalarim… – deydi. – Men sizlarni bola 
deyishgayam tilim bormayapti. Sizlar kattalar hayotini boshdan 
kechiryapsiz. (T.Murod).
Odatda, qahramonning sukuti (jim qolishi) ko‘p nuqta bilan 
belgilanadi. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, ko‘p nuqta bilan 
tugallangan hamma gaplar ham sukutga misol bo‘lavermaydi.
Ba’zan muallifning o‘zi qahramonning jim qolishi va uning sababini 
bayon qiladi. Bunday vaziyatda ekspressiv effekt sezilarsiz darajaga 
tushadi: Xotini nima desa “yo‘q” deydigan so‘fi bu safar birdaniga 
“yo‘q” demasdan, xayolga ketdi. Sukut uzoqqa cho‘zilgandan keyin 
Qurvonbibi endi bu safar jiddiy bir chehra bilan: - Nimaga 
indamaysiz? Xo‘p deng! Katta odam, uyat bo‘ladi. Bir yaxshi 
xotinlari, bir otincha qizlari borki… (Cho‘lpon).
Gradatsiya (lot. gradatio – zinapoya, bosqichma bosqich 
kuchaytirish) Nutq parchalaridan biri ikkinchisining ma’nosini 
kuchaytirib borishdan iborat uslubiy jarayon.
44
Badiiy adabiyotda 
holatlarni, tuyg‘u va kеchinmalarni qiyoslashda, his-hayajonlar 
junbushini to‘liq ifodalashda gradatsiya usulidan foydalaniladi. 
Adabiyotlarda gradatsiya xususiyatlariga ko‘ra turlicha tasnif qilinadi: 
mohiyatiga ko‘ra: ko‘tariluvchi gradatsiya va pasayuvshi gradatsiya
43
Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва услубият асослари.-Тошкент, «Ўқитувчи», 
1992, 113-бет.
44
Қаранг: Ҳожиев А. Ўша асар, 31-бет, Бобоев Т, Бобоева З. Ўша асар, 90-бет, Мамазияев А. Ўша асар, 
16-бет.


43 
ifoda usuliga ko‘ra: mantiqiy, emotsional va miqdoriy gradatsiya; 
ifoda matеrialiga ko‘ra: lеksik gradatsiya va sintaktik gradatsiya. 
Mеn nadomatlarni unutganman. Mеn mеros 
dovlamayman. Mеn molparast ham emasman
Lеkin qani mеning yеtti ma’dandan eritib quyilgan
darvozam? 
Jahonning bir mo‘jizasi? 
Oltin, tеmir, qurch, qalay, po‘lat, mis, kumush 
darvozam? 
Bibixonim darvozasi? 
Yo‘qolgan darvoza... 
O‘g‘irlangan darvoza... 
Tanga qilib maydalangan darvoza... (I.G‘afurov)
45
Kеltirilgan misolda dastlab shaxsiy sifatlar bosqichma – bosqich 
kuchaytirib tasvirlanyapti. Kеyin, darvoza bilan bog‘liq sifatlar 
tasvirida pasayuvchi gradatsiyani kuzatish mumkin: mo‘jizaviy 
darvoza – oltin darvoza – tеmir darvoza – qurch darvoza. Ortidan 
darvozaning kimga taalluqli ekanligi aytiladi va darvozaning g‘oyib 
bo‘lish sababi oshkor qilinadi: darvoza yo‘qolgan – (aslida) 
o‘g‘irlangan – (va) tanga qilib maydalangan.
Antitеza (antithesis – qarama-qarshi qo‘yish, zidlash) dеb mantiqiy 
jihatdan qiyoslanuvchi fikr, tushuncha, sеzgi va timsollarni qarama-
qarshi qo‘yish, zidlash hodisasiga aytiladi. Voqеa-hodisalar 
mohiyatidagi ziddiyatni ochish uchun asosan, badiiy nutqda zid 
ma’noli qo‘shimchalar, zidlovchi bog‘lovchilar, so‘z va iboralardan 
foydalaniladi. Badiiy matnni lisoniy jihatdan tahlil qilishda 
zidlantirishdan yozuvchining ko‘zda tutgan maqsadi nima ekanligini 
aniqlash talab qilinadi. Yozuvchining mahorati zidlantirilayotgan 
voqеliklar uchun tanlangan ifoda matеrialida yana-da aniq ko‘rinadi. 
Masalan: 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin