Ayrim hollarda hujjatga matn yozib boʻlganingizdan so‘ng matn noto‘g‘ri joyda joylashgan ekanligiga qaror qilasiz. Bu muammoni hal qilish uchun matnni osongina koʻchirishingiz mumkin.
Matnni koʻchirish uchun uni avval belgilashingiz kerak. Matnni belgilaganingizdan keyin, sichqonchaning oʻng tugmasini bosing. Bunda menyu ochiladi. Sichqonchaning chap tugmasidan foydalanib, menyudagi Cut buyrug‘ini tanlang. Bu matnni joylashgan joyidan kesib oladi.
Kesib olingan matn clipboardda vaqtincha saqlanadi. Endi siz ushbu matnni kerakli joyga qoʻyishingiz mumkin.
Buni bajarish uchun kursorni siz matnni qoʻymoqchi boʻlgan joyga joylashtiring va sichqonchaning oʻng tugmasini bosing. Avval ochilgan menyu qaytadan
ochiladi.
Sichqonchaning chap tugmasini bosing va Paste boʻlimidagi birinchi buyruqni tanlang. Endi matn yangi joyda paydo boʻlganini koʻrasiz.