Aim.uz
Matnni qisqartirish va kengaytirish yo’llari.
Mashg’ulot maqsadi:
Ta’limiy - ma’naviy - ma’rifiy o’qtuvchilarga yangi bilim berish, shu orqali ma’naviy yuksalishlariga ko’maklashish.
Tarbiyaviy: o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish Vatanga muhabbat, mehnat sevarlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning bog’lanishli og’zaki va yozma nutqlarini o’stirish ko’nikma va malakalarini hosil qilish.
Davlat ta’lim standartlari talablari:
O’quvchilar matnni qisqartirish va kengaytirish yo’llari haqida bilimga ega bo’lish, matn yarata olishi, fikrini yozma va og’zaki nutqda rovon bayon eta olishi lozim.
Dars metodi: bahs – munozara
Darsning turi: ma’naviy
Darsning jihozlanishi:
Tarqatma materiallar, mikrokaseta test.
Tashkiliy qism:
Salomlashish o’quv xona tozaligi, o’quvchilarning tashqi ko’rinishini nazorat qilish, novbatchi axborotini tinglash.
Respublikada tibbiyotdagi yangiliklar bo’yicha fikr yuritiladi.
Vatanparvarlik, milliy qadriyatlar, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, sportga qiziqish uyg’otish bo’yicha fikr mulohazalar bildiriladi.
Yangi mavzu bayoni
O’qituvchi tashkiliy qism tugaganidan so’ng yangi mavzuni e’lon qiladi, bugungi darsimiz adabiy – badiiy kecha va munozara tarzda tashkil etilgan bo’lib, o’quvchilar oldindan sahna ko’rinishiga tayyorgarlik ko’rishadi, O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlar” qissasida ona qabri yonidagi iltijosi sahnalashtirish o’quvchilar hukmiga havola etiladi.
Manalogni ijro etib bo’lgach, o’quvchilarni munozaraga tortish mumkin.
M:
1-savol: siz ushbu ko’rinishdan qanday ta’surot oldingiz?
2-savol: ushbu matnni qisqartirish yoki kengaytirish mumkinmi? Siz qanday o’rinlari o’zgartirgan bo’lar edingiz?
Talabalar shu asosida munozaraga kirishadilar.
Keyingi topshiriq she’riy asarlar mazmunini hikoyaga aylantirib yozish.
Bunda o’quvchi Temur Norbekovning “yo’lovchilar va itlar” she’rini o’qib eshittiradi.
O’quvchilar she’rini tinglab uni o’zlari tushungancha hikoya yozadilar.
Matn asosida reja tuzadilar.
Topshiriq. Xabibulla Qodiriyning :Otam haqida” kitobida berilgan “Otam yig’ladilar” matnini qisqartirib yozishlari lozim. Bunda guruh ikkiga bo’linadi.
1-kichik guruh matnni qisqartirib yozadi. 2-guruh matnni kengaytirib yozadi.
Shundan so’ng matnni qisqartirish va kengaytirish yo’llari beriladi. Buning uchun quyidagi reja asosida fikr yuritiladi.
Reja:
Matnga qo’yiladigan talablar.
Matnni qisqartirish yo’llari
Matnni kengaytirish yo’llari.
O’quvchilar yozma nutqini o’stirish yo’llari ham og’zaki nutq kabi rang-barandir.
Biz quyidagi ilg’or o’qtuvchilarning ish tajribalariga tayangan holda uning ayrim samarali usullari ustida to’xtalishga harakat qilamiz:
1. Matndan zarur o’rinlarni ko’chirib yozish. Bu usul nutq taraqqiyotida muhim o’rin egallaydi. Ko’chirib yozish jarayonoda faqat o’quvchilarning yozish usuli takamillashib qolmasdan, shu bilan birga ularda badiiy asarni sinchkovlik bilan o’qish malakalari ham rivojlanib boradi. Ko’chirib yozish ayni vaqtda badiiy nutq vositalarini mukammal egallashga yordam beradi.
Ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilar badiiy asarlarda tabiat manzarasi va partret tasvirini, asar qatnashchilari nutqidan zarur o’rinlarni qo’llanilgan xalq maqollari va hikmatli so’zlarni, yodlashga arzigulik o’rinlarni ko’chirib yozishlari mumkin.
Badiiy asarlaridan tabiat manzarasi va portret tasviriga oid joylarni ko’chirish til hodisalari bilan chambarchas a’loqadorlikda amalga oshirish. Ayniqsa o’quvchilarni ijodiy, tasviriy matnlar yaratishga bu usul samarali natija beradi. Ular badiiy asarda faqat o’rganilayotgan til hodisasiga a’loqador joylarnigina ko’chirib oladilar, ayniqsa o’quvchilarni ijodiy tasviriga matnlar yaratishga o’rgatishda bu usul samarali natija beradi. Ular badiiy asardan faqat o’rganilayotgan til hodisasiga a’loqador joylarnigina ko’chirib oladilar. Masalan, bolalarni tabiat tasvirini yaratishga o’rgatish maqsadida ularga yozuvchi H. G’ulomning “Zamin yulduzlari” asarida kuz fasli tasviri berilgan o’rinlarini ko’chirib yozish topshiriladi. O’quvchilar ko’chma taxtada yozilgan matndan tabiat manzarasiga oid o’rinlarni ko’chirib olishlari mumkin. O’quvchilar faqat o’qituvchi ko’rsatmasi asosida emas, balki o’zlari ham badiiy asrni o’qiyotganda tabiat manzarasi portret olishga odatlanishlari maqsadga muvofiqdir.
Tabiat manzarasi, portret tasviriga oid matnlarni o’quvchilar o’zlarining adabiyot darsliklaridan ham tanlasalar bo’ladi.
Masalan, “O’zbekiston adabiyoti” kitobida berilgam Mitemirning “Lolazordan o’tganda” , “Bulut” she’rlari shular jumlasidandir.
2. Badiiy asar qahramonlari nutqida zarur o’rinlarini ko’chirish. Bu usul ham o’quvchilarning yozma nutqini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zarur o’rin, shubhasiz, o’rganilayotgan til hodisasini mohiyatini anglash uchun xizmat qiladigan o’rinlardir. Masalan “Gap bo’laklari” mavzusini o’rganishda takrorning uslubiy vazifasi yuzasidan o’quvchilarda zarur bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilish uchun yozuvchi O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidan quyidagi parchani ular hukmiga havola etsa bo’ladi.
Iltijo.
Oyi men keldim… eshityapsizmi, oyi, men yana keldim…
Qarang, oyi tag’in ko’klam kirdi. Esingizdami, har yili bahor kirishi bilan sizni dalaga olib chiqardim. Siz charaqlagan oftobni, tiniq osmonni, ko’m-ko’k maysalarni ko’rib quvonardingiz. Esingizdami, nevaralaringiz terib kelgan boychehchakni ko’zingizga surtib, “Osmonlik-somonlik” qilardingiz…
Bugun… o’zingizning ustingizda boychechak o’sib chiqibdi… yo’q, yo’q, oyijon… Yig’layotganim yo’q. Bilaman, men yig’lasam, siz bezovta bo’lasiz. Hozir… Hozir o’tib ketadi. Mana, bo’ldi…
Ertalab-chi, oyi yomg’ir yog’adi. Qattiq yomg’ir yog’adi siz bahor yomg’irini yaxshi ko’rardingiz… Keyin oftob chiqib ketdi. Qarang, oftob, charaqlab yotibdi… Esingizdami, siz menga oftob to’g’risida cho’pchak aytib bergandingiz. O’sha ftob charaqlab yotibdi…
Ko’rayapsizmi.
Esingizdami oyi, siz, ukamga alla aytardingiz. Men allani ohangiga mast bo’lib uxlab qolardim. O’sha beshikka men ham yotganman. Allangizdan men ham orom olganman. Nima qilay, oyi men alla aytishni bilmayman. Qabringizni silab qo’sam orom olasizmi… mana oyijon, mana…Yo’q, yo’q yig’layotganim yo’q. Hozir, hozir o’tib ketadi…
O’quvchilar hikoyadan faqat gap bo’laklari takror qo’llanilgan o’rinlarini ko’chirib oladilar va uning vazifasini sharxlaydilar.
3. Matn mazmunini saqlagan holda shaklini o’zgartirish. Ona tili mashg’ulotlariga yozma nutqni rivojlanishining bu samarali usullaridan keng foydalanishga to’g’ri keladi. Matn shaklini p’zgartirishning samarali usullardan biri diologli matnlarni o’zlashtirma gapli matnlarga aylantirib yozishdir. Buning ahamiyati shundaki, u o’quvchilarni ijodiy fikrlashga, savodli va ixcham jumlalar tuzishga o’rgatadi.
Masalan “Ko’chirma va o’zlashtirma gap” mavzuni yozuvchi Odil yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” asaridan olingan quyidagi matnni o’quvchilar hukmiga havola etsa bo’ladi:
Ustoz sizga salom yo’lladi…
Abadul-abad salomat bo’lgaydir. Marhamat, noz-ne’matdan olgaysiz, azizim… Mavlono Muhiddin shosha pisha patirlarni o’xshatdi Ali qushchini dasturxonga qistadi. Ali Qushchi sovuq kulimsirab:
- Salom bilan ustoz bir nozik tilak bildirdilar, - dedi.
Mavlono Muhiddinning patir ushlayotgan nozik barmoqlari harakatdan to’xtab, havoda muallak osilib qoldi.
Ne tilak ermish?
Xabaringiz bordir, azizim, bugun subhudan a’lo hazratlari Mavorounnahr sarhadiga qo’shin tortib kirgan shahzodaga qarshi yurish boshladi… Inshoolloh 40-yil shafoat qilgan tangri taolloh bu safar ham uzr inoyatini darig’ tutmas… Va lekin,g’ofil haq taoloning ixtiyorini bilmoqdan ojizdurmiz. Agar-chi xumo qushi shahzodaning boshiga qo’nib yurt osoyishi buzulsa… rastaxonalaridagi barcha noyob qo’lyozmalarni asrab qolmoq siz-u bizga yuklanibdir, birodaru aziz…
Asar qolmoq? Buning uchun ne qilmoq kerak? Aqlimga sig’maydur…
Buning uchun eng nodir qo’lyozmalar bilan noyab kitoblarni yashirmoq darkor. Rastaxonada olib chiqib ishonchli joyga yashirmoq kerakdur.
Matndagi tushinish qiyin bo’lgan so’zlarning ma’nosi o’qituvchi tomonigan sharhlanadi. O’qituvchilar badiiy matndan gaplarni o’zlashtirma gapga aylantirma qilib yozadilar. Masalan, Ali Qushchi ustozni unga salom yo’’laganini aytdi. Mavlono Muhiddin u kishining abadul-abad salomat bo’lishlarini tilab, noz ne’matgan olishni taklif qildi. Ali Qushchi sovuq kulim sirab ustozning salom bilan birga bir nozik tilak bildirganlarini aytdi.
Ko’chirma gaplarni o’zlashtirma gaplarga aylantirishgan tashqari matnlardagi qo’shma gaplarga, gap bilan ifodalangan ega, kesim, aniqlovchi va hokazolarini kengaytirilgan birikmalarga aylantirish kabi ishlar ham bir mavzuni turli shakllarda berish malakalarini shakllantirishga yordam beradi.
She’riy asarlar mazmunini hikoyaga aylantirib yozish. Ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilarning yozma nutqini rivojlantirish choralaridan yana biri syujetli she’riy asarlar mazmunini hikoyaga aylantirib yozishdir. Ijodiy ishning bu turi o’quvchida ma’lum darajada izlanishni talab etadi. Masalan: gapmning oddiy va o’zgargan tatribi yuzasidan egallangan bilimlarini mustahkamlash maqsadida quyidagi topshiriqlardan foydalansa bo’ladi.
Topshiriq namunasi. Shoir Temur Norbekning “Yo’lovchilar va itlar” she’rini diqqat bilan o’qing. She’r mazmunini hikoyaga aylantirib yozing.
Borardi kechki payt ikki do’st-ulfat
Etardi o’zaro ajoyib suhbat
Nogahon darvoza ortidan ko’ppak,
Bularga otila boshladi “ak-ak”
Shu zumda ikki, uch…unga qo’shildi
Har eshikda chiqib ellikta bo’ldi
Ulfatlardan biri yerdan oldi tosh
O’rtog’i dediki: “aylagil bardosh-
Baribir bu bilan tuyolmas itlar.
Yuraver… o’zlari tinchiydi keyin”
Chindan ham tashlangach qirq, ellik qadam
Itlar asta sekin bo’lib qoldi jim
Xuddi itlar kabi hasadchilar ham
Har nega akillar vahima solib
Sen yo’lingdan qolma, intilgan har dam,
Ular bir aklillar, ketar yo’qolib.
Nutq o’stirishning bu usulida ko’proq bilim, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash hamda takrorlash jarayonida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, A.Qahhaorning “O’g’ri” hikoyasi yuzasidan savol va topshiriqlarnio’quvchilarga tavsiya etish mumkin.
1. Qobil boboning uyida qanday voqea ro’y berdi?
Qobil boboning ahvolini tasvirlashda yozuvchi qanday so’z va so’z birikmalaridan foydalangan?
2. Amin bilan Qobil boboning suhbatini rollarga bo’lib o’qing shu yerda ikkita ko’chirma gap olib, o’zlashtirma gapga aylantiring.
3. Amin bilan ellik boshining so’zlari bir-biridan qanday farq qiladi? Va hokazo.
Savol va topshiriqlarga javob yozish o’quvchilarga so’z va undan foydalanish malakalarini shakllantirishda nutq sharoitidan kelib chiqib, fikrini bayon qilishga o’rgatish muhim o’rin kasb etadi.
Matn mazmunini qisqartirib yozish. Shubhasiz, matn mazmunini qisqartirib yozish uchun tavsiya qilingan matnning hajmi kemgroq bo’lishi kerak. Qisqartirib yozish matnni diqqat bilan o’qib chiqish yoki tinglash, muhim o’rinlarni belgilash, uning rejasini tuzib, shu asnoda fikrlarni izchillik bilan bayon qilishni talab qiladi. Demak, qisqartirib yozishda faqat asosiy fikrlar qamrab olinadi. Asosiy fikr esa matn mazmunini to’la o’zlashtirgandan keyingina ma’lum bo’ladi.
Topshiriq namunasi Habibulla Qodiriyning “Otam haqida” kitobida berilgan quyidagi estalikni diqqat bilan o’qing, matn mazmunini qisqartirib bayon qiling.
OTAM YIG’LADILAR.
Bobom vafotidan so’ng edi, shahar hovlida yashar edik. Bir kun uyimizda shunday voqea ro’y berdi: oyim odatimiz bo’yicha ertalabki choyni bibimning uyiga hozirladilarda, erta turib yozadigan dadamni choyga chaqirgani kirib ketdilar. Biz dasturxon tebratadigan dadamni kutardik. Bir vaqt oyim negadir chiqdilarda o’tirib bizga choy quyib bera boshladilar.
Abdullani chaqirdingmi Rahbar? – dadam chiqavermagach oyimdan so’radilar buvim.
Yo’q.
Nega?
O’g’lingiz yig’lab o’tiribdilar – dedilar oyim. Buvim bechora sakrab o’rinlaridan turib dadamning uyiga yo’l oldilar. Kap-katta kishining yig’lashdan hayratga kelib, men ham buvim ortidan ergashdim. Kelsak, darhaqiqat u kishi yum-yum yig’lar, kursida tirsaklanib olib to’xtovsiz yozat edilar, buvim dadamning bu holga bir oz qarab turdilar-da bir narsani tushundilar shekilli indamay meni boshlab orqaga qaytdilar va o’tirib choy icha boshladilar. Men buvindan so’radim:
Ona,dadam nega yig’layaptilar?
Dadang jinni bo’lib qolipti, - javob qildilar buvim boshqa so’z aytmadilar.
Keyinchalik anglasam, oshanda dadam o’z sevikli qahramoni Kumushninh o’limi payt tasvirlab etayotgan ekanlar.
O’quvchilar matn mazmunini qisqartirib o’z so’zlari bilan bayon qiladilar.
Matn mazmunini kengaytirib yozish. Matn mazmunini kengaytirishda boshlanish qismi berilgan hikoyalar, soda yirik gaplardan iborat matnlar. Xalq maqollari, hikmatli so’zlardan foydalanish o’rinlidir.
Boshlanish qismi berilgan matnni davom ettirish, uni kengaytirish imkonini yaratadi. Shubhasiz matnning davom ettirilgan qismi berilgan voqeani davom ettirish o’quvchi izlanishga, ijodiy faoliyat ko’rsatishga majbur bo’ladi.
Topshiriqlar namunasi. Salim va Rahim ismli bolalar bor. Salim juda odobli, rostgo’y. Rahim esa bir muncha odobsiz, qilgan gunohini yashiradigan o’quvchi kunlarning birida ualr maktabdan qatishayotganda Rahim ko’chaning chetidagi niholni sindirib ariqqa tashladi. Salim sinfdoshining qilmishidan juda hafa bo’ldi.
Ikkinchi kuni…
Voqeani o’quvchilar mustaqil ravishda davom ettiradilar. Fikrni kengaytirish choralaridan yana bir xalq maqollarining ma’nosini sharhlashdir.
Masalan: o’quvchilar “Avval o’yla, keyin so’yla” xalq maqolining ma’nosini sharhlar ekanlar, kishilar so’zlashuv odobiga hamisha rioya qilishlari lozimligi, aytadigan fikrlarini avval o’ylab keyin so’zlashlari lozimligi, o’ylamay aytilgan so’zning oqibati yomonligi, bu haqida yozadilar.
O’quvchilar “Do’st achtib gapirar, dushman kuldirib” xalq maqolini so’zlar ekanlar, chin do’stdan faqat foyda tegishi undan yomonlik va ziyon tegmasligi, agar do’sting qattiq gapirsa ham undan hafa bo’lmaslik kabilar xususiyatida fikr yuritadilar.
Xalq maqollaridan tashqari, oquvchilar donolar visotidan olingan hikmatli so’zlarning ma’nolari ustuda ham ishlashlari mumkin. Ayniqsa A.Navoiy,Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Rudakiy, Sheroziy, Mirzo Bedil, at-Termiziy, Ulug’bek kabi sharq mutaffakirlarining aytgan dono fikrlarini sharhlash, ularning ma’nosini kengaytirish yaxshi samara beradi.
Darsni mustahkamlash qismida o’tilgan mavzular yuzasidan test topshiriladi.
Test.
1-qator.
Notiqlik san’ati dastlab qaysi davlatda rivoj topdi.
yunonistonda
gretsiyada
v) arabistonda
g) a va b javoblari to’g’ri
b va g javoblar to’g’ri
Notiqning eng muhim vazifasi nima?
chiroyli so’zlash
tinglovchini ishontirish.
v) tinglovchini maftun etish
g) real voqelikni tinglovchiga chiroyli uslubda yetkazish
d) barcha javoblar to’g’ri.
3. Ritorika qanday ilm?
notiqlik san’atining nazariy asoslari
yozma nutq haqida ma’lumot beruvchi ilm
nutq uslublari haqida fan
g) nutq madaniyati haqida fan
d) frizologiya haqida fan.
4. Notiqlik san’atining vatani qaysi orol?
gefeniya oroli
siseliya oroli
v) krill oroli
g) indoneziya oroli
d) to’g’ri javob berilmagan
5. Til birliklariga nimalar kiradi?
tovush va so’z
qo’shimcha va so’z shakllari
v) gap va matnning tartibi
g) a va b javoblar to’g’ri
d) v va d javoblar to’g’ri
Test.
2-qator.
1. Diolog qaysi uslubga xos?
so’zlashuv va badiiy
b)so’zlashuv va ommabop
so’zlashuv va ilm
a va b javoblar to’g’ri
b va c javoblar to’g’ri
2. Dorixona bilan bog’liq atamalarni belgilang.
antibiatik tarkok
ships ampula
biks, kasallik varaqasi
mashg’ulot daftar.
Dorixona, aksiya
3. tabobatda qo’llaniladigan atamalar?
aloe, suv qalampiri
bangidevona, yantoq
soda, dala choyi
hamma javoblar to’g’ri
4. Davlat tili to’g’risidagi qonun qachon qabul qilingan/
1988y
1999y
1989y
1991y
1996y
5. Notiqlik san’ati nechanchi asrda ravnaq topgan
oltinchi asrda
beshinchi asrda
oltinchi asr o’rtalari
beshinchi asr o’rtalari
barcha javoblar to’g’ri
Dars xulosalanadi.
Demak, matnni qisqartirishda ham kengaytirishda ham mantiqqa e’tibor berib matndagi bosh mavzusiga deyarli ta’sir qilmasligiga erishish lozim.Darsda faol ishtirok talabalar izohlab baholanadi va uyga vazifa e’lon qilinadi.
Uyga vazifa.
H. Olimjonning “Bahor keldi seni so’roqlab” nasriy nutqqa aylantirib kelish.
Foydalanilgan adabiyotlar.
A. Nurmonov va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili.” Sharq “ nashriyot matbaa aksionerlik kompaniyasi bosh tahririyati.
Toshkent 2002yil.
A. G’ulomov B.Qobilova. Nutq o’stirish mashg’ulotlari.
Toshkent. “O’qituvchi” 1995yil.
R. Qo’ng’urov va boshqalar. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. Toshkent. “O’qituvchi” 1992yil.
E.Begmatov va boshqalar. Adabiy norma va nutq madaniyati.Toshkent “Fan” nashriyoti.1983yil.
Aim.uz
Dostları ilə paylaş: |