Matyaqubov X o zbekistonning eng yangi tarixi o quv qo llanma pdf



Yüklə 52,8 Kb.
səhifə6/11
tarix10.05.2022
ölçüsü52,8 Kb.
#57128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O\'zbekistonning eng yangi tarixi o\'quv qo\'llanma (1) (2)

Islom Abdug'aniyevich Karimov hayot yo'li.

1938-yil 30-yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug'ilgan. Millati

- o'zbek. Oliy ma'lumotli, O'rta Osiyo politexnika va Toshkent xalq xo'jaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega. Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xojaligi mashinasozligi zavodida boshlagan.

1960-yildan 1966-yilgacha V.P.Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo'lib ishladi.

1966-yilda O'zbekiston SSR davlat reja komitetiga ishga o'tib, bosh mutaxassislikdan Respublika davlat reja komiteti raisining birinchi o 'rinbosarigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi.

1983-yilda I.A.Karimov O'zbekiston SSR Moliya vaz1n, 1986-yilda O'zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o'rinbosari, Respublika davlat reja komitetining raisi etib tayinlanadi.

1986-1989-yillar mobaynida Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi, 1989-yilning iyunidan boshlab O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi.

1990-yil 24-mart kuni O 'zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I.A.Karimov O'zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.

1991-yil 31-avgust kuni I.A.Karimov tarixiy voqea - O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qildi.

1991-yil 29-dekabridan muqobillik asosida o'tkazilgan umumxalq saylovida I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

1994-yil I.A.Karimovga "O'zbekiston Qahramoni" unvoni va "Oltin Yulduz" medali berildi.

1994-yil I.A.Karimov O'zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi etib saylandi.

1995-yil 26-martida bo 'lib o'tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko'ra I.A.Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi.

1996-yil I.A.Karimovga "Mustaqillik" ordeni berildi.

1998-yil I.A.Karimov "Amir Temur" ordeni bilan mukofotlandi.

2000-yil 9-yanvarda bo'lib o'tgan saylovda I.A.Karimov O' 'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi.

2002-yil 27-yanvarda bo'lib o'tgan referendumda uning prezidentlik vakolati 5- yildan 7-yilga uzaytirildi.

2007-yil 23-dekabrda bo'lib o'tgan saylovda I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

2015-yil 29-mart Islom Karimov to'rtinchi marta o'tkazilgan Prezident saylovlarida 90,39 % ovoz bilan O'zbekiston Prezidenti etib saylandi.

2016-yil 2-sentabr Islom Karimov vafot etdi.

2017-yil 25-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning xotirasm1 abadiylashtirish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-2744) qabul qilindi. O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan "Toshkent shahridagi xalqaro aeroportga O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berildi. 2017-yil 31-avgust kuni Toshkent shahrida, 2-sentabrda Samarqand shahrida Islom Abdug'aniyevich Karimov haykali ochildi.

2018-yil 30-yanvar Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov tavalludining 80-yilligi munosabati bilan Qarshi shahrida I.A.Karimov haykali, Samarqand shahrida esa I.A.Karimov maqbara majmuasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.




Yüklə 52,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin